Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Mashinalar ishlamay qolishlarining klassifikatsiyasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

3.3. Mashinalar ishlamay qolishlarining klassifikatsiyasi 
 
Qishloq xo’jalik texnikalari ishlatish davrida, turli xil omillar ta‘sirida tez-tez 
ishlamay qoladi. 
Ishlamay qolish – ob‘yektning ishlash qobiliyati buzilishidan iborat bo’lgan 
xodisa. Davlat standarti bo’yicha ishlamay qolishlarni 
quyidagicha 
klassifiqatsiyalash tavsiya etiladi. 
1) Ishlamay qolishlar paydo bo’lish tarziga ko’ra: asta-sekin, to’satdan, o’z-
o’zidan bartaraf bo’ladigan, turg’un va boshqa ishlamay qolishlarga ajratiladi. 
- asta-sekin ishlamay qolish ob‘yekt parametrlarining uzoq vaqt davomida asta-
sekin o’zgarib borishi natijasida paydo bo’ladi. Bunga asosan detallarni tabiiy 
yeyilishi sabab bo’ladi. Shu bois, ularni oldindan to’g’ri bashorat qilish mumkin; 
- to’satdan ishlamay qolish kutilmaganda, bir zumda (masalan, buyumning 
ichida yoki tashqarisida ta‘sir qiluvchi yuklanishlarning to’satdan ko’payib ketishi 
natijasida) yuz beradi; 
- o’z-o’zidan bartaraf bo’ladigan ishlamay qolishlar birorta shaxsning 
aralashuvisiz bartaraf bo’ladi (masalan, suv tushishi natijasida tormozlarning 
ishlamay qolishi, yonilg’i naychalarining vaqtincha tiqilib qolishi); 
- turg’un ishlamay qolishlar xizmat ko’rsatuvchilar aralashganidan keyin 
bartaraf bo’ladi. 
2) O’zaro bog’liq va bog’liq bo’lmagan ishlamay qolishlar ham bo’ladi: 
- bog’liq bo’lgan ishlamay qolishlar boshqa elementlar ishlamay qolishi tufayli 
ro’y beradigan ishlamay qolishlardir. Masalan, klapanning sinishi bo’tun 
dvigatelning ishlamay qolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Oqibatlariga ko’ra ishlamay qolishlar xavfli va xavfsiz ishlamay qolishlarga 
bo’linadi: 
Ishlamay qolishlar ko’rinuvchanligi (tez ko’zga tashlanishiga) ko’ra yaqqol va 
yashirin ishlamay qolishlar ham bo’ladi.
Resurs bo’yicha ishlamay qolish natijasida ob‘yekt oxirgi holatga keladi.
Shuningdek, ishlamay qolishlarni muntazam, to’liq va qisman ishlamay 
qolishlarga ajratish ham qabul qilingan.
Muntazam ishlamay qolish deganda ko’p marta takrorlanadigan ishlamay qolish 
tushuniladi. Bunday ishlamay qolishlar, odatda loyihalashdagi kamchiliklar tufayli 
sodir bo’ladi. 


20 
Qisman (texnologik) ishlamay qolish ob‘yekt (mashina) ni tayyorlashda 
texnologik jarayolarini buzilishi natijasida sodir bo’ladi va bunda ob‘yektdan o’z 
vazifasi bo’yicha kamroq samara bilan foydalanish mumkin bo’ladi. 
To’liq (ekspluatsion) ishlamay qolish odatdagi sharoitda texnikalardan 
foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda yuz beradi. Masalan, texnik xizmat 
ko’rsatish qoidalariga rioya qilmaslik, mashinalardan noto’g’ri foydalanish, sifatsiz 
yonilg’i-moylash materiallarini ishlatish va boshqalar natijasida yuz berishi mumkin. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling