Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


  5.2. Mashinlar remontga tayyorlash va qabul qilish talablari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 


29 
5.2. Mashinlar remontga tayyorlash va qabul qilish talablari. 
Mashinalarni remontga tayyorlash ishlari xo’jaliklarda o’tqaziladi. Dvigatelning 
sovitish sistemasi dala ishlarining oxirgi kunlarida yuviladi, blok g’ilofi, radiator 
devorchalaridagi kuykalarni parchalar uchun sistemaga eritma quyiladi. Bunday 
eritmalar sifatida 1 l suvga 100…150 g kaltsiyalangan soda (Na2CO3); 10l suvga 1 
litr 5% li nitrat kislota qo’shilgan eritmalar ishlatilishi mumkin. Dvigatel ana shu 
eritmalarning birida 10…12 soat ishlashi kerak, so’ngra eritma to’qiladi va bo’tun 
sovitish sistemasi toza suv bilan yuviladi. 
Mashinalarni remontga qabul qilish uchun maxsus shaklda uch nusxada qabul 
qilish-topshirish akti rasmiylashtiriladi. 
Aktda mashinaning ishlatila boshlaganidan boshlab va yong oxirgi remontdan 
keyin ishlagan soatlari soni, uzel va agregatlarning holati, mashinaning komplektligi, 
shuningdek, iste‘molchining aybi bilan ishdan chiqqan avariyaviy uzel va detallar 
ko’rsatiladi. Traktorlar remontga to’la komplektlikda topshirilishi shart. 
Avtomobillar uchun ikkita komplektlik belgilangan: 1-komplektlikda zavod 
tomonidan quyilgan barcha tarkibiy qismlari (shofyor asboblari va ehtiyot 
g’ildirakdan tashqari) bo’lishi shart; 2-komplektlik yo’q avtomobillari uchun 
platformasi, furgoni va ularni ramaga mahkamlovchi detallarning yo’qligi bilan 
harakterlanadi. 
5.3. Detal va birikmalarni tozalashning ahamiyati. 
 
Qishloq xo’jalik texnikalarini va ularning detallarini tozalash jarayoni – remont 
qilish ishlab chiqarish jarayonlarining o’ta muhim va ma’suliyatlisidir. Tozalash 
jarayoni remont korxonalari ishlab chiqarish madaniyatig’a, mehnat unumdorligi va 
remont qilish sifatiga katta ta‘sir o’tkazadi. 
Tekshirishlar natijasi ko’rsatadiki, mashina detallari sirtlari chala tozalansa, 
mashinalarning remondan keyingi resursi 20…30% ga kamayadi. 
Tozalash texnologik jarayonini sifatli bajarilishi, ko’pgina ijobiy natijalar 
beradi. Detallar sirtidagi kirlarni bo’tunlay yotqizish: ularni yaroqli-yaroqsizga 
ajratish, qayta tiklash sifatini ancha oshiradi; brak sodir bo’lishi kamayadi
bo’laklash va yig’ish jarayonlarida ish unumini 6…8% gacha oshiradi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling