Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
–MA‘RUZA Mavzu: Mashinalar va uskunalarni remont qilish ishlab chiqarish
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 5.1. Mashinalarning remont qilish ishlab chiqarish jarayoniga oid asosiy tushuncha va ta‘riflar.
5–MA‘RUZA
Mavzu: Mashinalar va uskunalarni remont qilish ishlab chiqarish jarayonlari. Remont ob‘yektlarini yuvish, tozalash va bo’yoqlash asoslari R e j a: 1.Mashinalarning remont qilish ishlab chiqarish jarayoniga oid asosiy tushunchalar. 2.Mashinlar remontga tayyorlash va qabul qilish talablari. 3.Detal va birikmalarni tozalashning ahamiyati 4.Mashina va detallaridagi iflosliklarning turlari 5.Yuvish usullari, vositalari, mashina va moslamalari 6.Mashina va agregatlarni bo’laklash asoslari Adabiyotlar: [4], [7], [8]. Tayanch iboralar: Remont ishlab chiqarish jarayoni, texnologik jarayon, namunaviy texnologik jarayon, Marshrut li texnologik jarayon, operatsion texnologik jarayon, texnologik operatsiya, vaziyat, texnologik o’tish, ish yo’li. Tozalash ob‘yekti, ekspluatatsion va texnologik iflosliklar, tozalash usullari, yuvish vositalari, yuvish mashina va qurilmalari. 5.1. Mashinalarning remont qilish ishlab chiqarish jarayoniga oid asosiy tushuncha va ta‘riflar. Mashina (uskuna)larni remont qilishda ishlab chiqarish jarayoni – ishlarning shunday majmuasiki, bu ishlar bajarilgandan keyin mashinalarning foydalanish davrida yo’qotgan ish qobiliyati, qo’shimcha materiallar va ehtiyoj qismlarning ishlatib tiklanadi. Bunda kishilar o’z (qo’l kuchi) mehnati va ishlab chiqarish qurollari yordamida ma‘lum kyoma-kyolikdagi ishlarni amalga oshiradilar. Remont korxonasida ishlab chiqarish jarayoni quyidagilardan iborat: mashinani remontga qabul qilish; sirtni tozalash va yuvish; mashinalarni yig’ish birliklari (agregat, uzel) va detallarga bo’laklash; detallarni yuvish va ularni yaroqli- yaroqsizga ajratish; detallarni tiklash; komplektlash; uzel, agregat va mashinani yig’ish, rostlash, chiniqtirish va sinash; bo’yash; mashinani iste‘molchiga topshirish. Umumiy holda mashinalarni remont qilish ishlab chiqarish jarayoni bir qancha texnologik jarayonlardan iborat bo’lib, ular ma‘lum tartibda bajariladi. Texnologik jarayon – ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo’lib, unga mashinalarning ishlash imkoniyatini tiklashda remont ob‘yekti va uning tashkiliy qismlarining ahvolini o’zgartirishga oid ishlar kiradi. Masalan, yig’ish texnologik jarayoni-ishlab chiqarish jarayonining detallarni gruppalarga, uzel va agregatlarga kyoma-kyo biriktirish bilan bevosita bog’’’lik bo’lgan bir qismidan iborat. Detalni remont qilish texnologik jarayoni detal holatini (geomyorik shaklini, o’lchamlarini, yuzalarining sifatini va boshqalarni) o’zgartirish 28 bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismidirq (qismlarga ajratish va yig’ish ishlari, detallarga Mexanik ishlov berish bilan va boshqa usullar bilan tiklash misol bo’la oladi). Texnologik jarayon detal, agregat yoki mashinaga talluqli bo’ladi. U bir necha texnologik operatsiyalardan tashkil topgan. Remont korxonalarida texnologik jarayon tipaviy, marshrut va operatsion jarayonlar tarzida bajarilib, ular quyidagi belgilari bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Namunaviy texnologik jarayon umumiy konstruktiv belgili bir gruppa detallarning bir xil nuqsonlarini bartaraf etish uchun ishlab chiqiladi. U muayyan gruppadagi har qanday detal uchun bir xildagi texnologik operatsiyalarning va o’tishlarning kyoma-kyoligi hamda yagona mazmuni bilan harakterlanadi. Masalan, val va o’qlarni to’g’rilash, xromlash, yoki po’latlash va … Marshrut texnologik jarayon xujjatlarga binoan bajarilib, unda faqat texnologik operatsiyalar kyoma-kyoligi o’tishlarsiz va ishlov berish rejimlarisiz ko’rsatilgan bo’ladi. Operatsion texnologik jarayon xujjatlarga asosan bajarilib unda operatsiyalar o’tishlar va ishlov berish rejimlari bilan birga ko’rsatilgan bo’ladi. Texnologik operatsiya – bir ish o’rnida bajariladigan texnologik jarayonning bir qismi. Operatsiya remont korxonasida asosiy planlashtiriladigan va xisobiy birlikdir. Operatsiya – ustanov, pozitsiya (vaziyat), texnologik va yordamchi o’tishlar, ish va yordamchi yo’rishlardan iborat. Ustanov – ishlov beriladigan detalni (yoki detallarni) stanokda (yoki moslamada) bir marta mahkamlash (o’rnatish) bilan bajariladigan texnologik operatsiyaning bir qismi. Ustanov (o’rnatish) lar A, B, V,… harflar bilan belgilanadi. Vaziyat – ishlov beriladigan detalning moslama birga asbobning (jihozning) qo’zgalmas qismiga nisbatan eg’allagan o’zgarmas holati. Texnologik o’tish – texnologik operatsiyaning tug’allagan qismi bo’lib, bunda foydalaniladigan asboblar ham, ishlov berib hosil qilinadigan sirtlar ham bir xil bo’ladi. Masalan, qismlarga ajratish-yig’ish ishlarida bir muayyan to’tashma ustida bajariladigan operatsiyaning bir qismi asbob o’zgarmaganda bir (bitta) o’tish bilan bajariladi. Yordamchi o’tish – kishi va jihozolarning birgalikda bajargan ishidan iborat texnologik operatsiyaning tug’allangan qismi bo’lib, bunda detalning shakli, o’lchami va ahvoli o’zgarmaydi, biroq bu texnologik o’tish uchun zarur. Masalan, ustanovning o’zgarishi, keskich, asbobni almashtirish yoki ularni holatini o’zgartirish. Ish yo’li asbobni ishlov beriladigan buyumga nisbatan bir marta siljitishdan iborat texnologik o’tishning tug’allangan qismi. Bunda buyumning ahvoli, shakli, o’lchamlari va sirtining g’adir-budurligi o’zgaradi. Remont ishlarida texnologik xujjatlarning yagona tizimi (YeSTD) tomonidan qartalarning ma‘lum shakllari belgilangan. Qishloq xo’jaligida mashinalarni remont qilish texnologik jarayonlarini bajarish uchun namunaviy texnologiya asosiy xujjat hisoblanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling