4.4. Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini
ta‘minlash.
Qishloq xo’jaligi soxasida ishlatiladigan texnikalarning dastlabki ishonchlilik
darajasi, ushbu mashinalarning foydalanish davrida bajariladigan ish hajmiga
mutanosib (proporsional) bo’ladi. Mashinalar bajargan ishi miqdori oshib borishi
bilan ularning ishonchlilik darajasi (bo’zilmay ishlashlik, uzoq xizmat qilishlik,
remontbobligi va saqlanuvchanlik xossalari) pasayib boradi.
Mashinalarni ishlatishda ularning ishonchliligini ta‘minlash (saqlash) uchun
quyidagi tadbirlarga e‘tibor berish kerak:
1) Yangi yoki remont qilingan mashinalarni xo’jalik sharoitlarida 50…60 soat
davomida yo’q va tezlikni asta-sekin oshirib borish bilan chiniqtiriladi. Bunda yo’q
iste‘mol qilinadigan quvvatning 20 foizidan boshlab asta-sekin oshirib boriladi.
2) Texnik xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil etish, ularni o’tqazish uchun
zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash lozim. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar mamlakasini
oshirish, zarur asbob va moslamalar komplektining bo’lishi shart.
3) Mashinalarni normal ish rejimida ishlatish lozim. Mashinalarga me‘yoridan
ortiq yo’q berilmasa, ular vazifasi bo’yicha rasmona tezlikda ishlatilsa, ularning
xizmat muddatlari oshadi. Mashinalarni ortiqcha qizdirmasdan ishlatish;
dvigatelllarni ishga tushirishda past tezlikda qizdirish –bo’zilmay ishlashning asosiy
garovi bo’ladi.
4) Yonig’li-moylarni saqlashga oid zavod tavsiyalariga qat‘iy rioya qilish,
ularni tozaligini ta‘minlash, birikmalarni, karter va korpus qutilarini chang
kirmaydigan qilib mahkamlash, mashinalarning ishlamay qolishlarini kamaytiradi va
ularning uzoq xizmat qilishini ta‘minlaydi.
Mashinalarning ishlatishda sodir bo’ladigan buzilish va nuqsonlari to’g’risidagi
axborotni yig’ish va ishlash tizimi ularning ishonchliligiga bilvosita ta‘sir o’tkazadi.
Har xil sharoitlarda ishlaydigan mashina qismlarining buzilishi xaqidagi
ma‘lumotlarni mashinani tayyorlagan zavodga mo’ttasil yuborib turish lozim.
Keyinchalik ushbu yig’ilgan axborotlarni zavod loyihachilari tahlil yoib,
mashinalarda ko’p uchraydigan nuqsonlarini sababini aniqlaydilar va mashina
loyihasini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |