Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

4.3. Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini 
ta‘minlash. 
Mashinalarni tayyorlash davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash uchun 
quyidagi tadbirlarga e‘tibor berish lozim: 
1. Detallar tayyorlanadigan materiallarni texnik xujjatlar talablariga mos 
ravishda tanlash, ularning fizik-Mexanik xossalarini tekshirish, sifatini nazorat qilish. 
2. Detallarga va ularning ish sirtlariga termik, kimyoviy-termik ishlov berish, 
sirtlarni apital deformatsiya yo’li bilan ishonchlilikni oshirish. 
3. Detallar sirtiga yeyilish va zanglashga chidamliligini oshirish uchun 
qoplamalar qoplash. 
4. Ishlab chiqarish texnologiyasiga qat‘iy rioya qilish va uni takomillashtirish. 
5. Detallarni asosiy o’lchamlarining aniq bo’lishiga erishish va ular sirtini 
sifatiga qo’yiladigan talablarni oshirish. 
6. Mashina detallarini tayyorlashda dasturni boshqariladigan avtomatlashtirilgan 
stanoklardan foydalanish bilan juda aniq va doimo sifatli buyum tayyorlashga 
erishish. 
7. Detallarni tayyorlashning barcha bosqichlarida uning sifatini nazorat qilish, 
nuqsonsiz mahsulot tayyorlash tizimini joriy etish. 
8. Ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. 
Tayyorlash davrida detallarga Mexanik, termik yoki kimyoviy-termik ishlov 
berib, ularning mustahkamligini oshirish yo’li bilan mashinalarning ishonchliligini 
ancha oshirish mumkin. 
Detallarni YuChT (yuqori chastotali tok) bilan toblash, ularning puxtaligini 
oshiradigan muhim omillardan biridir. Cho’yan detallarning sirti toblanganda, ularni 


25 
yeyilishga chidamliligi 2,5…3,5 marta oshsa, po’lat 45 ning YuChT bilan toblash 
uning toliqish mustahkamligini 2 xissa oshiradi. 
O’zgaruvchan yo’qlar ta‘sirida ishlaydigan detallarning sirtini kapital 
deformatsiyalash yo’li bilan, ularning mustahkamlik ko’rsatkichlarini 2 baravarga 
oshirish mumkin. Tirsakli vallar, bo’rish sapfalari, o’q va yarim o’qlar shariq va 
roliklar bilan ezib (rolikni bosim bilan detal sirtig’a yumalatib) mustahkamlanadi. 
Detallarning yeyilishga bardoshligi va toliqish mustahkamligi elektrokimyoviy 
usulda ishlov berish yo’li bilan oshiriladi. Bunday ishlov berish murakkab shakli 
detallarning barcha sirtini bir vaqtda ishlash imkoni beradi. 
Bu usul bilan detaldagi nuqsonlar va qoliplash xatoliklarini aniqlash mumkin. 
Shatunlarni elektro kimyoviy ishlov berish bilan ularning toliqish mustaxkamligini 
(50 foizdan ziyod) oshirish mumkin. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling