Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Mashina va agregatlarni bo’laklash asoslari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 
5.6. Mashina va agregatlarni bo’laklash asoslari. 
 
Mashinalarni qismlarga ajratish (bo’laklash) remont ishlab chiqarish 
jarayonining juda muhim bosqichidir. Qismlarga ajratish-yig’ish ishlari remontning 
umumiy sermehnatliligining 50% dan ortig’’ini tashkil qiladi. Zarur uskuna va 
moslamalarning bo’lmasligi yoki ularni noto’g’ri ishlatish bo’laklash jarayonida ko’p 
detallarni shikastlanishga va xatto sinishiga sabab bo’ladi. Shu sababli, qismlarga 
ajratish ishlarini to’gri tashkil etish va ish jarayonlarini zarur jixozlar bilan 
ta‘minlashga katta e‘tibor berish lozim. Shunda remont narxi ancha arzonlashadi va 
sifati oshadi. 
Qismlarga ajratish kyoma-kyoligi texnologik kartalarga muvofiq amalga 
oshirilishi shart. Agar texnik xujjatlar bo’lmasa, qismlarga ajratish detallarni (moy va 
ta‘minlash trubkalari, shlanglar, tortqilar, richaglar va boshqalar) olishdan 
boshlanadi. So’ngra boshqa ish o’rinlarida qismlarga ajratiladigan alohida uzellar 
olinadi. Ko’p boltlar bilan mahkamlangan cho’yan detallarni olishda darzlar paydo 
bo’lmasligi uchun avval barcha boltlar yoki gaykalar yarim aylanishga bo’shatiladi 
va faqat shundan keyingina ular burab chiqariladi. Zanglagan bolt va gaykalarni
burab chiqarish oldidan ularga kerosin tomizish lozim. 
Presslab biriktirilgan detallar faqat press yoki semnik va moslamalar yordamida 
chiqarib olinishi lozim. Ayrim hollarda mis uchli maxsus chiqargich va mis muxrali 
bolg’achalardan foydalanish mumkin. 
Olingan detallarni yuvish mashinalariga tashish uchun ular stellaj va 
moslamalarga shunday joylashtiriladiki, bunda ularning ish sirtlari shikastlanmasin. 
Ayrim yig’ilgan holda ishlov beriladigan detallarni (uzoq podshipniklar 
qopqoqlari blok bilan birga, shatun qopqoqlari shatun bilan birga va boshqalarni) 
kompleksizlash mumkin emas. Egasizlantirilmaydigan detallarga maxsus belgilar 
quyish lozim. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling