Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Detallarning yaroqli-yaroqsiz ajratish (defektlash) haqida umumiy
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
6.1. Detallarning yaroqli-yaroqsiz ajratish (defektlash) haqida umumiy ma‘lumotlar. Yaroqli-yaroqsizga ajratish (defektatsiya) deb detallardagi yoyilgan, darz ketgan, egilgan, o’qdoshligi bo’zilgan, singan, zanglagan, tirnalgan kabi joylarni aniqlash va ularni guruhlarga saralash jarayoniga aytiladi. Detallarni yaroqli-yaroqsizga ajratish jarayoni sifatli bajarilsa, ta‘mirlangan mashinalarni ish muddati 20…25 % ga oshishi mumkin. Detallarni yaroqli yaroqsizlarga saralashda ular besh guruhga ajratilib, turli rangdagi buyoqlar bilan belgilab quyiladi: 1) Yaroqli detallar yashil rang bilan belgilanadi; 2) Yangi yoki normal o’lchamgacha tiklangan detallar sariq rang bilan belgilanadi; 3) Ustaxonada yoki ixtisoslashtirilgan korxonada tiklanishi lozim bo’lgan detallar oq rang bilan belgilanadi; 4) Faqat ixtisoslashtirilgan korxonada tiklanadigan detallar ko’k rang bilan belgilanadi; 35 5) Yaroqsiz detallar – qizil rang bilan belgilanib, chiqindilar omboriga topshiriladi. 6) Detallar yuvib tozalangandan keyin ularga tegishli belgilar quyiladi. 6.2. Detallaridagi nuqsonlarni aniqlash usullari. Xozirgi kunda detallarni nuqsonlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi: 1) Ko’zdan kechirib-optik usulda aniqlash (tirnalgan, yorilgan, zanglagan va x.k. joylarni); 2) Kapillyar usulda aniqlash; 3) Magnit-Kukun usuli (darzlar, g’ovaklar aniqlanadi); 4) Ino’qtsiya (uyurmali tok) usuli (yashirin darzlar aniqlanadi); 5) Ultratovush usuli. Bu usul ultratovushning bir jinsli detaldan o’ta olish xususiyatig’a asoslangan. Agar detalda darz bo’lsa, ultratovush shu darz orasidagi havo qatlamidan qaytadi va bu maxsus asboblar yordamida qayd etiladi; 6) Ryontagyonografiya usuli. Bu usul ryontgyon nurlarining detal qalinligiga qarab turlicha yo’tilishiga asoslangan; Bosim usuli ichi bo’sh detallardagi ko’zga ko’rinmaydigan nuqsonlarni (ko’pincha ochiq darzlarni) aniqlashda qo’llaniladi. Bunda detallar ichiga bosim bilan suv yoki havo kiritiladi. Gidravlik usul. Bu usulda korpus detallar (silindrlar bloki, silindrlar kallagi)dagi darzlar aniqlanadi. Sinovlar detallardagi barcha teshiklarning jips yopilishini ta‘minlaydigan maxsus styondlarda o’tqaziladi. Detal ichi bosimi 0,3…0,4 Mpa bo’lgan suv bilan to’ldiriladi. Suvning sizib chiqishiga qarab, detalda darz borligini aniqlash mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling