Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Komplektlashdagi asosiy talablar


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 
6.3. Komplektlashdagi asosiy talablar. 
Komplektlash remont qilish texnologik jarayonining muhim qismi hisoblanadi. 
Detallarni yig’ishdan oldan ularni komplektlash zarur, chunki ta‘mirlash 
korxonalarida uzellarni yig’ishda ham yangi, ham remont va joiz o’lchamli (yo’l 
qo’yiladigan darajada yoyilgan) detallardan foydalaniladi. 
Ma‘lum uzel va agregat detallarini o’lchamlariga qarab xillash hamda 
to’tashuvlari bo’yicha tanlash jarayoni detallarni komplektlash deyiladi. 
Detallar qator belgilariga qarab o’lcham guruhi va remont o’lchamlari 
bo’yicha, vazni (massasi) bo’yicha, qoldiq resursiga qarab va ro’yxatdagi nomlari 
bo’yicha tanlanadi. 
Komplektlanadigan detallar uch xil usulda tanlanadi: oddiy, selektiv va aralash 
usullar.
Oddiy komplektlashda agregat (uzel) ning bazaviy detali uchun bir talay 
detallar ichidan o’lchamlari ushbu to’tashmada normal zazor (tirqish) hosil qilish 
imkonini beradigan tanlab olinadi. 


36 
Selektiv tanlashda to’tashnadagi ikkala detalning o’lchamlariga berilgan joiz 
chyolashishlar maydoni bir nechta bir xil oraliqlarga bo’linadi, detallar esa shu 
oraliqlarga binoan o’lcham guruhlariga ajratiladi. 
Har qaysi o’lcham guruhiga xakikiy o’lchamlari joiz chyolanishlar maydoni 
chegaralarida joylashgan detallar kiradi. Detallarni o’lcham guruhlari albatta 
raqamlar, harflar, bo’yoq va boshqalar bilan belgilanadi. To’tashuvchi detallar bir xil 
guruh ichida tanlanadi. 
Detallarni aralash usulda komplektlashda ikkala usuldan foydalanadi. O’ta 
muhim to’tashmalarning detallari selektiv tanlab, unchalik muhim bo’lmagan 
to’tashmalar detallari esa oddiy tanlab komplektlanadi. Aralash usulda detallarni 
komplektlash remont korxonalarida keng ko’lamda qo’llaniladi. 
Komplektlash ishlari maxsus jixozlangan komplektlash bo’limida bajariladi. Bu 
bo’lim detallarni va komplektlarni Saqlash uchun tegishli uskunalar: stellajlar, 
tagliklar, stollar, kuchma aravachalar, komplektlash yashiklari, konteynerlar va 
universal o’lchash asboblari bilan ta‘minlanishi lozim. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling