Shakar ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 0.64 Mb.
bet1/3
Sana17.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1782329
  1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHAKAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

SHAKAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

SHAKAR ISHLAB CHIQARISHNING 2 USULI BOR: ;

  • QAND LAVLAGIDAN ISHLAB CHIQARISH
  • SHAKARQAMISHDAN ISHLAB CHIQARISH

QAND LAVLAGIDAN SHAKAR ISHLAB CHIQARISH:

  • Shakar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo sifatida asosan qand lavlagi ishlatiladi. Qand lavlagi bir yillik o'simlik bo'lib tarkibida 9-11% qand bo'ladi. Ikkinchi xom ashyo shakar qamish hisoblanib, undagi qand miqdori 18-23% gacha bo'ladi

Shakar ishlab chiqarish bosqichlari

  • 1) zavod (yoki sex) ga lavlagini tashib keltirish;
  • 2) mahsulotni saralash, tozalash, tortish shu jumladan yuvish;
  • 3) ma'lum ko'rinish va kattalikda maydalash;
  • 4) diffuzion qurilmada sharbatni olish;
  • 5) sharbatini tozalash;
  • 6) sharbatni qaynatish;
  • 7) sharbatdan quyuq xolga kelguncha asta bug'latish;
  • 8) kristalllalni ajratish, sentrifugalash,oqartirish;
  • 9) shakarni quritish;
  • 10) Tayyor mahsulotni qadoqlash va saqlash.
  •  

Lavlagini saralash, tozalash, tortish va yuvish;

  • Zavodga olib kelingan lavlagini tarozida tortib olinib, so'ngra uni yuvib iflosliklar, chang, qum, loylaridan tozalanib lavlagini brutto va netto og'irligini topiladi. Lavlagi namunasidan mezga olish, uni tortmasini aniqlash uchun suvni dozalab, sirka qo'shiladi so'ngra 75-80 0S da 30 minut ushlab turiladi va 20 0S 20 minut sovutib olinadi.Lavlagi asosan barabanli yuvish mashinasida yuviladi. Zavodga olib kelingan lavlagi birinchi texnologik ishlovdan o'tgandan so'ng, transportyor orqali qayta ishlash uchun uzatiladi. Lavlagi vagoncha (bunker)ga yig'iladi

Qand lavlagini zavodga uzatish sxemasi

Lavlagini ma'lum ko'rinish va kattalikda maydalash

  • Vagonchadan qalamcha shaklida kesib maydalaydigan jixozga uzatiladi. Qalamchalar qancha yupqa bo'lsa sharbat shuncha osonlik bilan ajraladi. Qalamchani o'lchami eni 3-5 mm, qalinligi 1,5-1,6 mm bo'lishi kerak. Qalamchalar qovurg'ali yoki shtampli tamg'alarda kesib olinadi. Agar kesish yaxshi amalga oshirilsa 100 gramm lavlagi 24 metrgacha yetadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling