Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1. Detallarni tiklash usullari haqida umumiy ma‘lumotlar.
O’z-o’zini tekshirish savollar: 1.Mashina va agregitlarni yaroqli – yaroqsizga ajratish va komplektlashning mohiyatlarini tushuntiring? 2.Detallardagi nuqsonlarning aniqlashni qanday usullarini bilasiz? 3.Mashinalarni yig’ish texnologik jarayonining mazmuni nimadan iborat? 4.Chiniqtirish, sinash va bo’yash texnologik jarayonlarining asosiy mohiyatlarini tushuntiring. 5.Komplektlashda detallar qanday belgilariga qarab tanlanadi? 6.Komplektlangan detallar necha xil usulda tanlanadi? 7.Selektiv usulda qanday detallar komplektlanadi? 8.Traktorlarni chiniqtirish tartibini aytib bering. 9.Yo’q avtomobillari qanday tartibda chiniqtiriladi? 10.Mashinalarni buyash texnologik jarayoni qanday operatsiyalardan iborat? 11.Sirtni buyashga tayyorlash uchun nima ishlar qilish lozim? 7–MA‘RUZA Mavzu : Mashina detallarini tiklash usullari klassifikatsiyasi. Plastik deformatsiya usulida tiklash. Qo’lda payvandlash va suyuqlantirib qoplash usuli. R e j a : 1. Detallarni tiklash usullari haqida umumiy ma‘lumotlar. 2. Plastik deformatsiya usulida tiklashning mohiyati va turlari. 3. Elektr yoy bilan qo’lda payvandlash va suyuqlantirib qoplash. Adabiyotlar: [1], [4], [7], [8]. Tayanch iboralar: Plastik deformatsiya: cho’ktirish, botirish, cho’zish, keng aytirish, toraytirish, To’g’rilash. Qo’lda payvandlash va eritib qoplash, payvandlash elektrod va simlari, payvandlash uskunalari. 7.1. Detallarni tiklash usullari haqida umumiy ma‘lumotlar. Mashinalarni ishlatish jarayonida, ularning agregat va detallari notekis yeyiladi Chunki, har bir detalni ish yuzalarining yeyilishga chidamliligi har xil bo’ladi. Remont qilishi vaqtida mashina detallaridan bir qismi qayta tiklamasdan ishlatishga yaroqli bo’ladi, boshqa qismini yaroqli bo’lishi uchun bir oz mehnat va material sarflash lozim bo’ladi. 39 Barcha qishloq xo’jalik texnikalarining detallari ish muddatalriga qarab uch guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga o’zining ish muddatini to’liq o’tagan va remont vaqtida yangisiga almashtiriladigan detallar kiradi. Masalan, porshyon, porshyon halqalari, ftulkalar, rezinatexnika detallari va boshqalar. Ikkinchi guruh detallarini qayta tiklamasdan yana ishlatish mumkin. Bu guruh detallarining ish sirtlari ruxsat etilgan (joiz) chegarada yeyilgan bo’ladi. Uchinchi guruh detallarni ta‘mirlangandan keyingina qayta foydalanish mumkin. Bu guruhga qimmatbaho va murakkab korpus detallar, masalan, silindrlar bloki, tirsakli val, o’zatmalar qutisining karteri, orqa ko’prik kabilar kiradi. Bunday detallarni tiklash tannarxi ularni tayyor lash narxiga nisbatan ancha arzon. Umuman, detallarni tiklashning katta xalq xo’jalik ahamiyat bor. Ularni tiklash sarf harajatlari tayyorlash harajatlaridan 2…3 marta kam. Chunki, detallarni tiklash jarayonida material, elektr energiyasi va mehnat resurslari sarfi ancha qisqaradi. Detallarni ishlash imkoniyatini tiklashda juda ko’p usullar va texnologiyalar mavjud. Quyida ana shu usullarning qisqacha mazmuni keltiriladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling