7.2. Plastik deformatsiya usulida tiklashning mohiyati va turlari.
Bu usul detalarning plastik deformatsiyalanishiga, ya‘ni o’z shaklini bosim
ostida qizdirib yoki qizdirmasdan o’zgartirish xususiyatig’a asoslanadi. Uglerodli
po’latlar, rangli detalar va ularning qotishmalaridan tayyorlangan detallar sovuqlayin,
tarkibida ko’pi bilan 0,3 foiz uglerod bor bo’lgan po’lat detallar esa issiqlayin plastik
deformatsiyalab tiklanadi.
Detallarni qizdirmasdan tiklashda katta kuch quyish (yo’qlanish) talab qilinadi.
Bunda detalning deformatsiyalanishida uning to’zilishi o’zgarmaydi, kristallar
ichidagi zarrachalarning siljishi tufayli sodir bo’ladi. Natijada detalning Mexanik
xususiyatlari o’zgaradi: qovushqoqligi kamayadi va qattiqligi ortadi.
Detallarning suyuqlanish haroratining 0,8…0,9 qismigacha qizdirib tiklashda
zarur kuch juda kamayadi, shunda uning to’zilishi va Mexanik xossalari sezilarli
darajada o’zgarmaydi.
Amalda detallarni bosim bilan tiklashning quyidagi turlari qo’llaniladi:
cho’ktirish, botirish, keng aytirish, siqish, cho’zish va To’g’rilash. Bundan tashqari,
detallning sirt qatlamining notekisliklarini va Mexanik xossalarini yaxshilovchi
plastik deformatsiyaning turlari ham ishlatiladi.
Cho’ktirish. Bu usul havol (ichi teshik) detallarning ichki diametrini
kamaytirish va tashqi diametrini kattalashtirish, shuningdek yaxlit detallarning tashqi
diametrini o’zunligini qisqartirish xisobiga kattalashtirishda ishlatiladi. Masalan,
shatun yuqori kallagining bronza vtulkalari maxsus moslama yordamida sovuqlayin
cho’qtirib tiklanadi.
Kengaytirish usulida havol detallarning tashqi o’lchami ularning ichki
o’lchamlarini qatatalashtirish xisobiga tiklanadi. Bunda ta‘sir kuchining yo’nalishi
deformatsiya yo’nalishiga mos keladi. Porshyon barmoqlari, shlitsali va silliq vallar
sirtlari, vtulkalar shu usulda tiklanadi.
Cho’zish usulidan detallarning ayrim qismlarini siqib, cho’zishda foydalaniladi.
Bu usulda turli tortkilar, turtkichlar va boshqa detallarning o’zunligi tiklanadi. Lemex
va qo’ltivator panjalarini tiklashda ham cho’zish usulidan foydalaniladi.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |