Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Flyus qatlami ostida payvandlash va suyuqlantirib qoplash
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
8.1. Flyus qatlami ostida payvandlash va suyuqlantirib qoplash.
Elektr yoyli qo’lda payvandlashda birmuncha muhim kamchiliklar borligi: ish unumining pastligi, ish sifatining payvandchining maxoratig’a bog’’likligi sababli xozirgi vaqtda detallarni ishlash imkoniyatini tiklashda elektr yoy vositasida mexanizatsiyalashgan usulda payvandlash keng qo’lamda joriy etilgan. Mexanizatsiyalash usullar avtomatik va yarim avtomatik xillarga bo’linadi. Avtomatik payvandlashda elektrod simini payvandlash zonasiga so’rish, shuningdek elektrodni detalga nisbatan siljitish mexanizatsiyalashtirilgan. Yarim avtomatik payvandlashda elektrodni detalga nisbatan siljitish qo’lda bajariladi. Elektr yoyining sharoitig’a ko’ra, payvandlash flyus qatlami ostida, himoyalovchi gazlar muhitida va vibroyoy vositasida payvandlashlarga bo’linadi. Flyus qatlami ostida payvandlash va suyultirib qoplash usulining mohiyati quyidagilardan iborat. Elektr yo elektrod simining uchi bilan detal orasida yonadi. Sim suyuqlantirib qoplash zonasiga maxsus o’zatish mexanizmi orqali o’zatiladi. Bunkerdan yoning yonishi zonasiga flyus to’shadi, bu yorda flyusning bir qismi suyuqlanib qobiq hosil qiladi. Qobiq suyuqlangan metalni havoning zararli ta‘siridan ishonchli saqlab turadi, metallning sachrashini kamaytiradi, chokning shakllanishi, yo issiqligidan foydalanishni yaxshilaydi. Soviganda hosil bo’ladigan shlak qobig’i qoplangan metallni sekin sovitishni va tarkibiy shakllanishini ta‘minlaydi. 44 Flyus qatlami ostida suyuqlantirib qoplashda ish unumi qo’lda payvandlashdagiga nisbatan 6…10 marta ortadi, suyultirib qoplash koeffitsienti 1,5…2 marta ortiq bo’lib, 14…16 g/A soat bo’ladi. Kuchlanishi 30…40 V li o’zgarmas tok ishlatiladi. Yoyning ko’rinmasligi va flyusning juda ko’p sarflanishi hamda qimmatligi bu usulning kamchiligidir. Suyuqlantirib qoplashning yaxshi sifatli bo’lishi ishlatiladigan flyusga ham bog’’liq bo’ladi. Avtomatik suyuqlantirib qoplashda suyuqlantirilgan va suyuqlantirilmagan keramik flyuslar, shuningdek flyus-aralashmalar ishlatiladi. Detallarni flyus qatlami ostida suyuqlantirib qoplashning to’g’ri tanlangan rejimi, suyuqlantirib qoplangan qatlamni yeyilishga chidamli va sifatli chiqishini ta‘minlaydi. Flyus ostida suyuqlantirib qoplash rejimiga quyidagi parametrlar kiradi: tok kuchi va turi; elektr yoyining kuchlanishi, suyuqlantirib qoplash tezligi, elektrod simining o’zatish tezligi, suyuqlantirib qoplash qadami, elektrodning chiqib turish o’zunligi (qo’lochi), elektrodning zonitga nisbatan siljishi, mundshto’qning qiyalik burchagi, detalning aylanish chastotasi va boshqalar. Qoplanadigan qatlamda zarur bo’lgan qattiqlikni olish uchun, birinchi navbatda elektrod simi va flyusning markasini to’g’ri tanlash lozim. Jadval 3.1. stlindir detallar uchun, elektrod simi materiali va flyus markasining qoplangan qatlam qattiqligiga ta‘siri to’g’risidagi eksperimental ma‘lumotlar keltirilgan. Tok kuchining qiymati, qoplanadigan detal va elektrod simining diametriga nisbatan tanlanadi (Jadval 3.2). Kuchlanish yoyining barqaror yonishini ta‘minlovchi miqdorda bo’lishi kerak. Tavsiya qilinadigan kuchlanish miqdori 25…30 V. Flyus ostida avtomatik suyuqlantirib qoplash tezligi quyidagi formuladan aniqlanadi: S h К V d V у э э к c * * * * 785 , 0 . 2 = ⋅ Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling