Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 
O’z-o’zini tekshirish savollar: 
 
1.Mashina va agregitlarni yaroqli – yaroqsizga ajratish va komplektlashning 
mohiyatlarini tushuntiring? 
2.Detallardagi nuqsonlarning aniqlashni qanday usullarini bilasiz? 
3.Mashinalarni yig’ish texnologik jarayonining mazmuni nimadan iborat? 
4.Chiniqtirish, sinash va bo’yash texnologik jarayonlarining 
asosiy
mohiyatlarini tushuntiring. 
5.Komplektlashda detallar qanday belgilariga qarab tanlanadi? 
6.Komplektlangan detallar necha xil usulda tanlanadi? 
7.Selektiv usulda qanday detallar komplektlanadi? 
8.Traktorlarni chiniqtirish tartibini aytib bering. 
9.Yo’q avtomobillari qanday tartibda chiniqtiriladi? 
10.Mashinalarni buyash texnologik jarayoni qanday operatsiyalardan iborat? 
11.Sirtni buyashga tayyorlash uchun nima ishlar qilish lozim? 
 
7–MA‘RUZA 
 
Mavzu : 
Mashina detallarini tiklash usullari klassifikatsiyasi. 
Plastik deformatsiya usulida tiklash. Qo’lda payvandlash va suyuqlantirib 
qoplash usuli. 
 
R e j a : 
 
1. Detallarni tiklash usullari haqida umumiy ma‘lumotlar. 
2. Plastik deformatsiya usulida tiklashning mohiyati va turlari. 
3. Elektr yoy bilan qo’lda payvandlash va suyuqlantirib qoplash. 
 
Adabiyotlar: [1], [4], [7], [8]. 
 
Tayanch iboralar: Plastik deformatsiya: cho’ktirish, botirish, cho’zish, keng 
aytirish, toraytirish, To’g’rilash. Qo’lda payvandlash va eritib qoplash, payvandlash 
elektrod va simlari, payvandlash uskunalari. 
7.1. Detallarni tiklash usullari haqida umumiy ma‘lumotlar. 
Mashinalarni ishlatish jarayonida, ularning agregat va detallari notekis yeyiladi 
Chunki, har bir detalni ish yuzalarining yeyilishga chidamliligi har xil bo’ladi. 
Remont qilishi vaqtida mashina detallaridan bir qismi qayta tiklamasdan ishlatishga 
yaroqli bo’ladi, boshqa qismini yaroqli bo’lishi uchun bir oz mehnat va material 
sarflash lozim bo’ladi. 


39 
Barcha qishloq xo’jalik texnikalarining detallari ish muddatalriga qarab uch 
guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga o’zining ish muddatini to’liq o’tagan va remont 
vaqtida yangisiga almashtiriladigan detallar kiradi. Masalan, porshyon, porshyon 
halqalari, ftulkalar, rezinatexnika detallari va boshqalar. 
Ikkinchi guruh detallarini qayta tiklamasdan yana ishlatish mumkin. Bu guruh 
detallarining ish sirtlari ruxsat etilgan (joiz) chegarada yeyilgan bo’ladi. 
Uchinchi guruh detallarni ta‘mirlangandan keyingina qayta foydalanish 
mumkin. Bu guruhga qimmatbaho va murakkab korpus detallar, masalan, silindrlar 
bloki, tirsakli val, o’zatmalar qutisining karteri, orqa ko’prik kabilar kiradi. Bunday 
detallarni tiklash tannarxi ularni tayyor lash narxiga nisbatan ancha arzon. 
Umuman, detallarni tiklashning katta xalq xo’jalik ahamiyat bor. Ularni tiklash 
sarf harajatlari tayyorlash harajatlaridan 2…3 marta kam. Chunki, detallarni tiklash 
jarayonida material, elektr energiyasi va mehnat resurslari sarfi ancha qisqaradi. 
Detallarni ishlash imkoniyatini tiklashda juda ko’p usullar va texnologiyalar 
mavjud. Quyida ana shu usullarning qisqacha mazmuni keltiriladi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling