Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Detallarning yaroqli-yaroqsiz ajratish (defektlash) haqida umumiy


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 
6.1. Detallarning yaroqli-yaroqsiz ajratish (defektlash) haqida umumiy 
ma‘lumotlar. 
 
Yaroqli-yaroqsizga ajratish (defektatsiya) deb detallardagi yoyilgan, darz 
ketgan, egilgan, o’qdoshligi bo’zilgan, singan, zanglagan, tirnalgan kabi joylarni 
aniqlash va ularni guruhlarga saralash jarayoniga aytiladi. 
Detallarni yaroqli-yaroqsizga ajratish jarayoni sifatli bajarilsa, ta‘mirlangan 
mashinalarni ish muddati 20…25 % ga oshishi mumkin. Detallarni yaroqli 
yaroqsizlarga saralashda ular besh guruhga ajratilib, turli rangdagi buyoqlar bilan 
belgilab quyiladi: 
1) Yaroqli detallar yashil rang bilan belgilanadi; 
2) Yangi yoki normal o’lchamgacha tiklangan detallar sariq rang bilan 
belgilanadi; 
3) Ustaxonada yoki ixtisoslashtirilgan korxonada tiklanishi lozim bo’lgan 
detallar oq rang bilan belgilanadi; 
4) Faqat ixtisoslashtirilgan korxonada tiklanadigan detallar ko’k rang bilan 
belgilanadi; 


35 
5) Yaroqsiz detallar – qizil rang bilan belgilanib, chiqindilar omboriga 
topshiriladi. 
6) Detallar yuvib tozalangandan keyin ularga tegishli belgilar quyiladi. 
 
6.2. Detallaridagi nuqsonlarni aniqlash usullari. 
Xozirgi kunda detallarni nuqsonlarini aniqlashda quyidagi usullardan 
foydalaniladi: 
1) Ko’zdan kechirib-optik usulda aniqlash (tirnalgan, yorilgan, zanglagan va 
x.k. joylarni); 
2) Kapillyar usulda aniqlash
3) Magnit-Kukun usuli (darzlar, g’ovaklar aniqlanadi); 
4) Ino’qtsiya (uyurmali tok) usuli (yashirin darzlar aniqlanadi); 
5) Ultratovush usuli. Bu usul ultratovushning bir jinsli detaldan o’ta olish 
xususiyatig’a asoslangan. Agar detalda darz bo’lsa, ultratovush shu darz orasidagi 
havo qatlamidan qaytadi va bu maxsus asboblar yordamida qayd etiladi
6) Ryontagyonografiya usuli. Bu usul ryontgyon nurlarining detal qalinligiga 
qarab turlicha yo’tilishiga asoslangan; 
Bosim usuli ichi bo’sh detallardagi ko’zga ko’rinmaydigan nuqsonlarni 
(ko’pincha ochiq darzlarni) aniqlashda qo’llaniladi. Bunda detallar ichiga bosim 
bilan suv yoki havo kiritiladi. 
Gidravlik usul. Bu usulda korpus detallar (silindrlar bloki, silindrlar kallagi)dagi 
darzlar aniqlanadi. Sinovlar detallardagi barcha teshiklarning jips yopilishini 
ta‘minlaydigan maxsus styondlarda o’tqaziladi. Detal ichi bosimi 0,3…0,4 Mpa 
bo’lgan suv bilan to’ldiriladi. Suvning sizib chiqishiga qarab, detalda darz borligini 
aniqlash mumkin. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling