Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
1 – MA‘RUZA
Mavzu: Kirish. «Mashinalar ishonchligi va remonti» fanining maqsadi, vazifasi va mazmuni. Qishloq xo’jaligida remont soxasini rivojlanish bosqichlari. R e j a : 1. Kirish. Mashinalarni remont qilish ob‘yektiv zaruratdir. 2. «Mashina ishonchligi va remonti» fanining maqsadi, vazifasi va mazmuni. 3. «Mashina ishonchligi va remonti» fanining asosiy tushuncha va atamalari 4. Qishloq xo’jaligida remont soxasini rivojlanish bosqichlari. Adabiyotlar: [1], [7], [8]. Tayanch iboralar: Ishonchlilik, remont, remont ob‘yekti, qayta tiklash (yoki tiklash), remont-texnologik uskuna, texnik xizmat ko’rsatish, servis xizmati, fannig vazifasi, maqsadi. 1.1. Kirish. Mashinalarni remont qilish ob‘yektiv zaruratdir. Xo’jalik yuritishning yangi sharoitlari, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini texnika bilan qayta qurollantirishni jadal suratlarda amalga oshirishni taqozo etadi. Buning uchun mashinalarning ishonchliligini oshirish va mashina-traktor parkini remont qilish, xizmat ko’rsatish hamda saqlash ishlariga yanada ko’proq e‘tibor berish lozim. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi sohasida minglab traktorlar, avtomobillar, kombaynlar va boshqa ko’plab qishloq xo’jalik mashinalari hamda chorvachilik kompleksi va fermalari uskunalaridan iborat katta mashinalar parki faoliyat ko’rsatmoqda. Ana shu mashinalar parkini har doim ishga yaroqli holda tutib turish va undan samarali foydalanish uchun har yili milliardlab mablag’lar sarflanadi. Shu sababdan, mashinalarning ishonchliligini oshirish, remont sifatini yaxshilash, remont qilish va texnik xizmat ko’rsatishga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish keng ko’lamdagi davlat ahamiyatig’a molik vazifadir. Mashinalarning ishonchliligini remont qilish davrida oshirish maqsadida, muqobil MTP larda, agrofirmalarida (xo’jaliklararo birlashmalarda), «O’zqishlokxo’jalikta‘minot tuzatish» tizimidagi remont-xizmat ko’rsatish bazalari rivojlantirilmoqda, yangi remont ustaxonalari va texnik xizmat ko’rsatish no’qtalari (joylari) ishga tushirilmoqda, mavjud remont ustaxonalari qaytadan yangi remont- texnologik uskunalari bilan jihozlanmoqda. Mashinalarning ishlatish jarayonida, detallarining yeyilishi va boshqa shikastlanishlar sababli ishdan chiqishi mo’qarrardir. Chunki, hanuzgacha butun foydalanish muddati davomida buzilmasdan ishlaydigan mashina yaratilgan emas. Binobarin, mashinalarni remont qilish ob‘yektiv zaruriyatdir. Shu sababli, qishloq 4 xo’jalik sohasida faoliyat ko’rsatuvchi bo’lajak muhandislar «Mashinalar ishonchligi va remonti» fanini har tamonlama mukammal o’rganishlari talab etiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling