5
foydalanish mumkin emasligi bilan belgilanadi. Oxirgi holat texnik
xujjatlarda
izohlanadi.
Remontga yaroqlilik (ta‘mirboplilik) – mashina (agregat, uzel) ning
mashinaning xizmat ko’rsatish (remont qilish) yo’li bilan ishlamay qolishi hamda
nuqsonlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat
xususiyati.
Saqlanuvchanlik – mashina (buyum) ning o’z ish ko’rsatkichlarini saqlash va
saqlanish muddati davomida va bu muddat tugugandan keyin ham texnik xujjatlarda
ko’rsatilgan qiymatlarda saqlab qolish xususiyatlari.
Bajargan ishi – ob‘yektning ishlash davomiyligi yoki hajmi. Agar ob‘yekt
(mashina, agregat, uzel) tanaffuslar bilan ishlaydigan bo’lsa, u
holda jami bajargan
ishi hisobga olinadi. Bajargan ish vaqt, o’zunlik, maydon (gektar), hajm, massa va
boshqa birliklarda o’lchanishi mumkin.
Ishlamay qolgunga qadar bajargan ishi – remont qilinadigan mashinaning
ishlamay qolishlar oralig’ida bajargan ishining o’rtacha qiymati.
Nosozlik – mashinaning (buyumning) shunday holatiki, bunda u texnik
xujjatlardagi talablarning loaqal bittasiga mos kelmaydi.
Resurs – mashinaning (buyumning) texnik xujjatlarda izoxlangan
oxirgi
holatga qadar bajaradigan ishi. Birinchi remontgacha bo’lgan resurs, remontlararo
resurs, belgilangan resurs va boshqa resurslar bo’lishi mumkin.
Xizmat muddati –mashina ishlatila boshlangandan
yoki kapital remont-
langandan to texnik xujjatlarda izohlangan oxirgi holatga kelguncha yoki hisobdan
chiqarilgunga qadar kalyondar ishlash davomiyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: