Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Remontlararo resurs (xizmat muddati)
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Remont (ta‘mirlash)
- Kapital remont.
- 1.4 Qishloq xo’jaligida remont sohasini rivojlanish bosqichlari.
Remontlararo resurs (xizmat muddati) – remont qilingan mashinaning texnik
xujjatlarda izohlangan oxirgi holatga kelgunga qadar bajargan ishi. Ishlash qobiliyati – mashina (buyum) ning shunday holatiki, bunda mashina berilgan vazifalarni texnik xujjatlar talablariga mos keluvchi paramyorlar bo’yicha bajara oladi. Remont (ta‘mirlash) – ishlash qobiliyatini tiklash mashinaning nuqsonlarini bartaraf etish ishlari majmuidir. Mashina detallari uchun «tiklash» (avvalgi holatiga keltirish) atamasini qo’llash qabul qilingan. Joriy remont. Remontning bu turi mashinani ishlatish jarayonida bajariladi. Bunda ayrim kam resursli agregatlar, uzellar yoki mexanizmlarni almashtirish, tiklash va rostlash ishlari kiradi. Joriy remontda asosan agregat usulidan foydalaniladi. Bu usulda mashina ayrim qismlarining yangilari yoki remont qilinganlari bilan almashtirish orqali bartaraf etiladi. Kapital remont. Kapital remont (ta‘mirlash) chog’ida mashinalarning texnik resursi tiklanadi. Buning uchun mashina to’liq qismlarga ajratiladi, barcha agregatlari, uzellarining ishlash qobiliyati tiklanadi. Kapital remont vaqtida hamma detallari yuviladi, yoyilgan detallar (shu jumladan bazis detallar ham) yangisiga yoki tiklanganiga almashtiriladi, uzellar va mexanizmlar to’liq yig’iladi va rostlanadi. Yig’ib bo’lingan hhar bir mashina rostlanadi, bo’yaladi, chiniqtiriladi va sinaladi. 6 Ishonchlilik va remont qilishga oid tushunchalar va ta‘riflarni bilish, mashinalarni remont qilish sifatini, ularning ishonchliligini baholash uchun ob‘yektiv mezonlarni tanlash imkonini beradi. 1.4 Qishloq xo’jaligida remont sohasini rivojlanish bosqichlari. Mamlakatimizda qishloq xo’jalik texnikalarini remont qilish sanoati, asosan, o’tgan asrning birinchi choragidan boshlab shakllangan va u bevosita sobiq Ittifoq remont sanoati bilan bog’lik ravishda rivojlanib keldi. Qishloq xo’jaligidagi eng birinchi remont ustaxonalari oddiy tokarlik stanoklari yoki xorijdan olib kelingan «Krauze» rusumli kombinatsiyalangan stanoklar, shuningdek, oddiy temirchilik asbob-uskunalari bilan jihozlangan edi. Ixtisoslashgan remont korxonalaridagi maxsus ta‘mirlash-xizmat ko’rsatish uskunalari ham turli chet el firmalari tomonidan yetkazib berilgan. Faqatgina gayka kalitlari va otvyortkalarni ustaxonalarda ishchilarning o’zlari tayyorlaganlar. Ikkinchi jahon urushi oldidan (1939-40 yillar) qishloq xo’jaligida mashinalardan foydalanish, texnik xizmat ko’rsatish va remont qilish usullari va texnologiyasi bir oz takomillashdi, ishlatiladigan uskunalar va apparatlar murakkablashib, jamoa va davlat xo’jaliklari, MTS lar, ta‘mirlash korxonalarida mexanizator va remontchi ishchilar ta‘mirlash soxasidagi ishlarida juda katta tajriba ortira boshladilar. Ushbu tajribalarni umumlashtirish va boshqalarga o’rgatish zarurati kelib chiqqan edi. Bu muammolarni hal etish uchun ilmiy tadqiqot ishlari ko’lamini kengaytirish, uni o’tkazish usullarini takomillashtirish talab etilardi. Ana shu maqsadlar uchun mamlakatning texnika jami o’quv yurtlarida bir necha yangi kafedralar (mashinalar remonti, mashina-traktor parkidan foydalanish) tashkil qilindi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda mamlakat qishloq xo’jaligini tez suratlarda mexanizatsiyalashuvi, ishlab chiqarishning barcha tabaqalarida texnikani keng joriy yetilishi, remont-xizmat ko’rsatish ishlarining ham takomillashtirishni va bu ishlarning hajmini ortishini, mashinalarni remont qilish uchun zarur shart- sharoitlarni yaratilishini qat‘iy talab etadi. 1947 yildan e‘tiboran qishloq xo’jaligida kuchli moddiy-texnika bazasi (mashinalarga texnik xizmat ko’rsatuvchi va ularni remont qilish ustaxonalar, zavodlar va boshqa vositalar) yaratilishga kirishildi. Ta‘kidlash lozimki, shu vaqtlarda qishloq xo’jaligi texnikalariga oid remont-xizmat ko’rsatish ishlari texnik xujjatlarsiz bajarilar edi. Shu sababli, bu ishlarni samarali bo’lishi mumkin emas edi, chunki muayyan (bir) ta‘mirlash-texnologik jarayonning o’zi turli ustaxonalarda, turlicha va ko’pincha noto’g’ri bajarilgan, remont sifati nisbatan past bo’lgan. Remont qilishning o’sha vaqtda yagona, eng ilg’or texnologiyasiga o’tishini ta‘minlash uchun texnik xujjatlar zarur bo’lib qoldi. Ana shunday xujjatlar RosNITI (sobiq GOSNITI) tomonidan ishlab chiqildi. 1949-1953 yillarda katta nusxada nashr etgan qishloq xo’jaligida mashinalarni remont qilishning namunali texnologiyasining umumiy 2200 bosma varaqdan iborat 35 ta albom va kitoblarni o’z ichiga olgan. Bu texnologiya bir-birini to’ldiruvchi materiallarning nashr etgan g’oyat katta to’plamidan iborat bo’lgan. 7 Ushbu texnologiyaga asosan, o’sha vaqtning o’zida mashinalarni remonti uchun mehnat sarfi, ta‘mirlashda talab etiladigan materiallarni sarflash normativlari, shuningdek, mashinalarni qishloq xo’jaligida foydalanishda sarflanadigan ehtiyot qismlar normativlari ham ishlab chiqilgan edi. Shunday tartibda ishlab chiqilgan texnik xujjatlar va ko’rsatilgan normativlarning afzalligi, mashinalarni u yoki bu ustaxonalarda umumiy texnologiya hamda normativlarga muvofiq ta‘mirlash samarali bo’lishini ta‘minlangan. Odatda, yagona (umumiy) texnologiya va belgilangan noromativlar shaklidagi texnik xujjatlarga amal qilib ish yuritgan ustaxonalarda remont ishlari bilan band ishchilar soni va mashinalarni remont qilish vaqti qisqargan, mehnat unumdorligi oshgan, ishchining ish xaqi barqarorlashgan, remont sifati yaxshilangan va uning harajatlari kamaygan, ishlab chiqarish madaniyati ortgan. Umumiy texnologiya samaradorligining eng asosiy afzalligi shundaki, yuzlab- minglab ishchilarni kasb mahoratini oshirish imkonini bergan, ta‘mirlash ishlarini to’g’ri usullar bilan bajarishga tez o’rgatib borilgan. Ammo, bu davrga kelib, jamoa va davlat xo’jaliklarining moliyaviy ahvoli yaxshilanib, o’zlari ko’plab texnikalar sotib ola boshladilar, natijada MTS (Mashina-traktor stantsiyalari) lar tugatila boshlandi. 1958 yilda MTS lar tugatilgandan so’ng qishloq xo’jalik texnikasi remontiga oid va ularga texnik xizmat ko’rsatish ishlarini tashkil etishda va raxbarlik qilishda ayrim noaniqliklar paydo bo’ldi. Ushbu noaniqliklarga barham berish maqsadida, 1961 yilda sobiq Ittifoq hukumatining qarori bilan Butunittifoq «Soyuzselxoztexnika» birlashmasi tashkil etildi. Shundan keyin, qishloq xo’jaligida mashinalarni remont qilish, mamlakat xalq xo’jaligining alohida tarmog’i sifatida normal rivojlanish uchun zarur bo’lgan barcha imkoniyatlar yaratildi. Mamlakatning har bir respublikasida, viloyat va tumanlarida «Selxoz texnika» bo’limlari tashkil etildi, ular qoshida bir necha yangi tilni ixtisoslashgan ustaxonalar, remont zavodlari va texnikaviy almashtirish punktlari barpo etildi. Qishloq xo’jaligida remont soxasining bazasini rivojlantirish rejasiga ko’ra, 1961-1962 yillarda bajarilgan dastlabki xisoblar ishlab chiqariladigan mashinalar, qishloq xo’jaligida yyoarli darajada uzoq muddat unumli ishlashni uchun xalq xo’jaligining ushbu tarmog’iga katta mablag’ ajratish zarurligini belgilab berdi. Qishloq xo’jaligida remont soxasiga stanok va boshqa remont-texnalogik uskunalar va xakozalarga xaddan tashqari talab borligi aniqlanadi. Umuman olganda, «Soyuzselxoztexnika» tizimi faoliyat ko’rsatgan 1961-1985 yillar davomida qishloq xo’jaligi remont soxasida bir necha yuzlab ixtisoslashgan ustaxonalar, remont zavodlari, ilmiy tadqiqot laboratoriyalari va institutlari tashkil etildi va ushbu davrda mazkur soxa sezilarli darajada rivojlandi. 1985 yildan keyin sobiq Ittifoqda qayta qo’rish davri boshlanishi munosabati bilan, qishloq xo’jaligini ham qayta qo’rish davri boshlandi. «Soyuzselxoztexnika» davlat komityoi tugatildi va uning o’rniga «Davlat agrosanoat» komityoiga bo’tunittifoq xo’jaligi soxasini boshqarish bilan birga, texnika bilan ta‘minlash va uni tuzatish vazifalari ham yo’qlatildi. Ammo, 1985-1991 yillar davomida remont sohasida deyarli rivojlanish bo’lmadi. Rempublikamiz mustaqilligi e‘lon qilingandan (1991y.) keyin, qishloq xo’jaligi remont soxasida ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. 8 Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida «O’zagromashservis» davlat uyushmasining joylardagi remont korxonalari faoliyat ko’rsatmoqdalar. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling