Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 «Mashina ishonchligi va remonti» fanining maqsadi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 
1.2. «Mashina ishonchligi va remonti» fanining maqsadi, 
vazifasi va mazmuni 
Fanning maqsadi– detallar va yig’ish birliklarining yeyilishi hamda boshqa 
asosiy shikastlanish sabablarini oydinlashtirish, mashina detallarining ehtimoli bor 
nuqsonlari, ularni topish va bartaraf etish usullari haqida asosiy ma‘lumotlar berish, 
tiklanadigan detal va uzellarning chidamliligini hamda ishonchliligini oshirish 
tadbirlarini yaratish, talabalarga mashinalar remontining ilg’or texnologiyalari va 
usullarini, remont-texnologik uskunalarini bilib olishlarida yordam berish, 
shuningdek, remont ishlarini tashkil etish va uning iqtisodiy asoslari bilan 
tanishtirishdan iborat. 
Fanning asosiy vazifasi bo’lg’usi mutaxassislarga remont qilish va texnik 
xizmat ko’rsatish tadbirlarini o’tkazish bilan qishloq xo’jalik mashina-traktor parkini 
ishga yaroqli holda tutish yo’llarini o’rgatadi. Shuningdek, remont-xizmat ko’rsatish 
korxonalari ishini tashkillashtirish, rejalash va loyihalash asoslarini ham o’rgatadi. 
«Mashinalar ishonchliligi va remonti» fanini o’rganish uchun aniq, umumiy 
muhandislik va mutaxassislik fanlarini (oliy matematika, fizika, kimiyo, 
materialshunoslik, materiallar qarshiligi, o’zaroalmashuvchanlik, traktor va 
avtomobillar, 
qishloq 
xo’jalik va meliorativ mashinalari, 
chorvachilikni 
mexanizatsiyalash, qishloq xo’jalik iqtisodi va boshqalarni) ham yaxshi bilish talab 
qilinadi. 
1. 3. «Mashinalar ishonchliligi va remonti» asosiy tushuncha va 
atamalari. 
Ishonchlilikning asosiy tushunchalari (atamalari) davlat standarti tomonidan 
belgilanadi va ularni hamma xujjatlarda qo’llanilishi talab etiladi. Qishloq xo’jalik 
texnikalariga oid ishonchlilikning umumiy tushunchalari GOST 27.002-83 bilan 
belgilanadi. 
Ishonchlilik – mashinaning belgilangan rejimlarga va ishlatish, texnik xizmat 
ko’rsatish, remont qilish, tashish sharoitlariga mos keladigan berilgan chegaralarda 
belgilangan vaqt ichida eksplatatsion ko’rsatkichlar qiymatlarini saqlagani holda 
berilgan vazifalarni bajarish xususiyati. 
Ishonchlilik – kompleks xususiyat bo’lib, mashina va uning qismlarining 
bo’zilmay ishlash, chidamlilik, remontga yaroqlilik va saqlanuvchanlik kabi 
xossalarning har birini alohida yoki bir yo’la bir nechtasini o’z ichiga olishi mumkin. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling