Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

Mashinalarni sinash –remont sifatini baholash maqsadida o’tkaziladigan 
nazorat ishi. Sinashda dvigatellarning quvvati, yonilg’ining solishtirma sarfi
gidravlik nasosining ish unumi, hajmiy foydali koeffitsiyyonti kabilar aniqlanadi. 
Izlanishlar natijasida shu narsa aniqlanganki, dvigatel detallarining ishlab 
moslashi dastlabki 2…3 soat davomida sodir bo’lib, 50…60 soatdan keyin bo’tunlay 
tugaydi. Shu sababli, dvigatellar styondlarda uch bosqichda chiniqtiriladi: soviqlayin 
chiniqtirish, gaz berib yo’qsiz ishlatib chiniqtirish, gaz berib yo’qlab chiniqtirish. 
Chiniqtirishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish maqsadida ixtisoslashtirilgan 
korxonalarida tezlashtirib ishlab moslashish usullari joriy etgan. 
Dvigatellarni chiniqtirish va sinash uchun KI-5542, KI-5543, KI-5274 va 
boshqa universal elektr tormozli nazorat-sinash styondlaridan foydalaniladi. 
6.6. Mashinani bo’yash texnologik jarayonlari. 
 
Bo’yash texnologik jarayoni sirtni tayyorlash (yuvish, eski buyoqni kyokazish, 
zangdan tozalash); gruntlash, shpatlyovkalash, bo’yash, quritish operatsiyalaridan 
tashkil topadi. 
Sirtni bo’yashga tayyorlash buyoqning detalga yaxshi yopishishi uchun 
tuskinlik qiladigan eski buyoqlarni, zanglarni, yog va boshqa kirlarni kyokazishdan 
iborat. 
Eski buyoqni kyokazishda turli markali yuvgichlar, masalan SD, AFT-1 
yuvgichlari, N 646, 647 eritgichlar ham ishlatiladi. Sirtlarni eski bo’yoqdan cho’tka 
(sim), jilvirtosh, po’lat shpatellar ishlatib Mexanik usulda ham tozalash mumkin. 
Sirtlarni bo’yash oldidan gruntlanadi. Grunt-bo’yash uchun tayyorlangan sirtga 
surtiladigan qatlam. Grunt qatlami detalni zanglashdan himoya qiladi va bo’yoqning 
sirtga yaxshi yopishishini ta‘minlaydi. GF-020 va N 138 gliftali gruntlar qora 
detaldan tayyorlangan detallar uchun, GF-031 va GF-032 gliftali gruntlar alyuminiy 
va magniy qotishmalaridan tayyorlangan detallarni bo’yash uchun mo’ljallangan.
Shpatlevka – grunt ustidan surtiladigan qatlam bo’lib, sirtlarni tekislash uchun 
bajariladi. Shpatlevka qatlamining umumiy qalinligi 1…1,5 mm dan oshmasligi 
lozim. Shpatlevkadan keyin sirtga bo’yoq yoki emal surtiladi. 
Bo’yash. Qishloq xo’jalik texnikalari uchun pnevmatik bo’yoq purkagich 
yordamida bo’yashning universal usuli qo’llaniladi. Buyum sirtig’a bo’yoq Siqilgan 
havo yordamida purkalib, yupqa tekis qatlam hosil qilinadi. Bo’yoq sifatida PF-133 
yoki PF-115 pentaftalli emallar va XV-133, XV-125, PXV-6, PXV-15 kabi 
perxlorvinilli emallar ko’proq ishlatiladi. 
Quritish. Sirtlarga surtilgan bo’yoqlar ochiq havoda tabiiy ravishda quritiladi 
yoki yuqori haroratda sun‘iy usulda quritiladi. Bo’yoqlarni quritishning bir nechta 


38 
sun‘iy usullar mavjud: konvektsiya, termoradiatsiya, indo’qtsion, termoradiatsiya-
konvektsiya usullari. 
Konvektsion quritishda buyum issiq havo yoki boshqa issiqlik manbalari 
yordamida quritish xonalarida qizdirib quritiladi. 
Termoradiatsion quritishda bo’yalgan detal infraqizil nurlar bilan nurlantiriladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling