Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar: [1], [7], [8]. Tayanch iboralar
9–MA‘RUZA Mavzu: Detallarni bosim ostida payvandlab tiklash usullari. Detallarni galvanik usullar bilan tiklash . R e j a : 1. Elektrokontakt usulida metall Kukunini qizdirib yopishtirish. 2.Metallash. Elektroyoyli metallash. 3.Gaz alangasida va plazmaviy metallash usullari. 4.Detallarni galvanik usullari bilan tiklash. Adabiyotlar: [1], [7], [8]. Tayanch iboralar: elektrokontakt usuli, metall kukuni, siquvchi kuch. Elektr qarshiligi, kizish harorati. Metallash (metall purkash), elektroyoyli metallash rejimi. 48 Elektroliz xodisasi. Faradey qonunlari. Xromlash,nikellash va po’latlash. Tok bo’yicha chiqish. 9.1. Elektrokontakt usulida metall Kukunini qizdirib yopishtirish. Elektrokontakt usulida metall kukunini yopishtirish val va o’q tipidagi detallarini tiklashda ishlatiladi. Bu usulning mohiyati quyidagilardan iborat. Detal tokarlik stanogining shpindeliga o’rnatiladi. Aylanuvchi detal bilan mis rolik-elektrod orasiga metall kukuni (aralashma) o’zatiladi. Rolik pnevmo yoki gidrosilindr yordamida 0,75…1,2 KN kuch bilan detalga siqiladi. Detal va rolikni dumalatish vaqtida ularning tegish joyidagi katta elektr qarshiligi natijasida kukun 1000…1300oS gacha qiziydi. Kukunning qizigan zarrachalari o’zaro birlashib va detal sirtig’a yopishadi. Bunda rolik yonining bir santimetriga katta kuchdagi tok 2500-3500 A va past kuchlanish 0,7…1,2 V ishlatiladi. Qatlamning (bir aylanishdagi) qalinligi siquvchi rolik va detalning diametriga bog’’liq bo’lib, 0,3…1,5 mm gacha bo’ladi. Detallni bir necha qatlam xosil qilib qoplash mumkin, bunda har bir qatlam sirti tozalanadi. Kukun yopishtirish tezligi 0,17…0,25 m/min. Jarayonning afzalliklari: ish unumi yuqori, detal kam qiziydi va binobarin issiqlik ta‘siri sayoz bo’ladi, qizdirib yopishtirilgan qatlam yeyilishga chidamli bo’ladi. Yopishtirilgan qatlamning cheklanganligi va jixozlarning murakkabligi bu usulning kamchiligidir. Elektr-kontakt usulida suyuqlantirib qoplashning Kukun yopishtirishdan farqi shundaki, bunda rolik bilan detal orasiga metall kukuni o’rniga sim (yoki lenta) o’zatiladi. Detal sirtig’a suyuqlantirib qoplanadigan qatlamning puxta yopishib qolishi metallning tegish joyidagi juda yupqa qatlamlarning qisman suyuqlanishi hamda diffuziya xisobiga ro’y beradi. Qoplanadigan qatlamning qalinligi 0,2…1,5 mm gacha bo’lishi mumkin. Tok kuchining miqdori 4000…12 000 A, kuchlanish 1.5…4,0 V. Bu usul bilan diametri 10 mm va undan katta bo’lgan po’lat, cho’yan va rangli metallardan yasalgan detallarni suyuqlantirib qoplash mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling