Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Vibroyoy yordamida suyuqlantirib qoplash
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
8.3. Vibroyoy yordamida suyuqlantirib qoplash. Bu usuldan diametri 15…20 mm bo’lgan, ish vaqtida katta dinamik kuchlar ta‘sir yetmaydigan po’lat va cho’yan detallarning yoyilgan sirtlarini tiklashda foydalaniladi. Bu usul elektrod simi sekundiga 50…110 marta tebranish chastotasida titratib payvandlash bilan oldingi ikkala usuldan farq qiladi. Elektrodning titrashi suyuqlantirib qoplash sifatiga va bo’tun jarayonning borishiga jiddiy ta‘sir ko’rsatadi va odatdagi elektr yoy yordamida suyuqlantirib qoplashga nisbatan qator afzalliklarga ega. Tebranma yoy yordamida suyuqlantirib qoplashda yoyning o’zilishi sababli mayda tomchili metall elektroddan detalga o’tadi; juda kichik payvandlash vannasi xosil bo’ladi; bu elektrod metallining asosiy metall bilan yaxshi qotishiga, detallning bir oz qizishiga va cho’qurligi kichik termik ta‘sir etish zonasi vujudga kelishiga yordam beradi. Elektrod simi tarkibidagi legirlovchi elemyontlari nisbatan kam quyadi. Vibroyoy usulida juda yupqa va qalinligi 0.8…2,5 mm bo’lgan sifatli qoplama hosil qilish mumkin. Suyuqlantirib qoplangan qatlam metallning qattiqligi va tarkibi jihatdan ko’pincha g’ovakli va har xil jinsli bo’lishi tebranma yoy usulining kamchilidir. 47 Suyuqlantirib qoplash ko’pincha 12…20 V kuchlanishli teskari qo’tbli va zichligi 50…70 A/mm2 bo’lgan o’zgarmas tokda bajariladi. Remont korxonalarida suyuqlantirib qoplanadigan detalni, avtomatik va payvandlash kallagini siljitishda maxsus jixozlangan tokarlik stanogidan foydalaniladi. Xozirgi vaqtda universal (U-651, U-653 va boshqa) suyuqlantirib qoplash stanoklaridan ham foydalanish yo’lga quyilgan. O’z-o’zini tekshrish savollari: 1.Flyus qatlami ostida avtomatik suyuqlantirib qoplashning mohiyatini tushuntiring. 2.Flyus qoplami ostida suyuqlantirib qoplash rejimining qanday parametrlari bilasiz? 3. Himoya gazlari muhitida suyuqlantirib qoplashning qanday afzalliklarni bilasiz? 4.Vibroyoy yordamida suyuqlantirib qoplashning mohiyatini tushuntiring va u qayorlarda ishlatiladi? 5.Vibroyoy yordamida payvandlash va suyuqlantirib qoplash qayorlarda ishlatiladi? 6.Himoya gazlari muhitida payvandlashda ko’proq qaysi gazlar ishlatiladi? 7.Karbonat angidrid muhitida suyuqlantirib qoplash jarayonining mohiyatini tushuntiring. 8.Karbonat angidrid muhitida suyuqlantirib qoplashning kamchiliklari nimadan iborat? 9.Vibroyoy yordamida qoplashning rejimi qanday bo’ladi? 10.Mexanizatsiyalashgan usulda payvandlashda va suyuqlantirib qoplashda qanday stanoklar ishlatiladi? Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling