Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Flyus qatlami ostida payvandlash va suyuqlantirib qoplash


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

8.1. Flyus qatlami ostida payvandlash va suyuqlantirib qoplash. 
 
Elektr yoyli qo’lda payvandlashda birmuncha muhim kamchiliklar borligi: ish 
unumining pastligi, ish sifatining payvandchining maxoratig’a bog’’likligi sababli 
xozirgi vaqtda detallarni ishlash imkoniyatini tiklashda elektr yoy vositasida 
mexanizatsiyalashgan usulda payvandlash keng qo’lamda joriy etilgan. 
Mexanizatsiyalash usullar avtomatik va yarim avtomatik xillarga bo’linadi. 
Avtomatik payvandlashda elektrod simini payvandlash zonasiga so’rish, shuningdek 
elektrodni detalga nisbatan siljitish mexanizatsiyalashtirilgan. Yarim avtomatik 
payvandlashda elektrodni detalga nisbatan siljitish qo’lda bajariladi. 
Elektr yoyining sharoitig’a ko’ra, payvandlash flyus qatlami ostida, 
himoyalovchi gazlar muhitida va vibroyoy vositasida payvandlashlarga bo’linadi. 
Flyus qatlami ostida payvandlash va suyultirib qoplash usulining mohiyati 
quyidagilardan iborat. Elektr yo elektrod simining uchi bilan detal orasida yonadi. 
Sim suyuqlantirib qoplash zonasiga maxsus o’zatish mexanizmi orqali o’zatiladi. 
Bunkerdan yoning yonishi zonasiga flyus to’shadi, bu yorda flyusning bir qismi 
suyuqlanib qobiq hosil qiladi.
Qobiq suyuqlangan metalni havoning zararli ta‘siridan ishonchli saqlab turadi, 
metallning sachrashini kamaytiradi, chokning shakllanishi, yo issiqligidan 
foydalanishni yaxshilaydi. Soviganda hosil bo’ladigan shlak qobig’i qoplangan 
metallni sekin sovitishni va tarkibiy shakllanishini ta‘minlaydi. 


44 
Flyus 
qatlami ostida suyuqlantirib 
qoplashda ish unumi qo’lda 
payvandlashdagiga nisbatan 6…10 marta ortadi, suyultirib qoplash koeffitsienti 
1,5…2 marta ortiq bo’lib, 14…16 g/A soat bo’ladi. Kuchlanishi 30…40 V li 
o’zgarmas tok ishlatiladi. Yoyning ko’rinmasligi va flyusning juda ko’p sarflanishi 
hamda qimmatligi bu usulning kamchiligidir. 
Suyuqlantirib qoplashning yaxshi sifatli bo’lishi ishlatiladigan flyusga ham 
bog’’liq 
bo’ladi. Avtomatik suyuqlantirib 
qoplashda 
suyuqlantirilgan va 
suyuqlantirilmagan keramik flyuslar, shuningdek flyus-aralashmalar ishlatiladi. 
Detallarni flyus qatlami ostida suyuqlantirib qoplashning to’g’ri tanlangan 
rejimi, suyuqlantirib qoplangan qatlamni yeyilishga chidamli va sifatli chiqishini 
ta‘minlaydi. Flyus ostida suyuqlantirib qoplash rejimiga quyidagi parametrlar kiradi: 
tok kuchi va turi; elektr yoyining kuchlanishi, suyuqlantirib qoplash tezligi, elektrod 
simining o’zatish tezligi, suyuqlantirib qoplash qadami, elektrodning chiqib turish 
o’zunligi (qo’lochi), elektrodning zonitga nisbatan siljishi, mundshto’qning qiyalik 
burchagi, detalning aylanish chastotasi va boshqalar. 
Qoplanadigan qatlamda zarur bo’lgan qattiqlikni olish uchun, birinchi navbatda 
elektrod simi va flyusning markasini to’g’ri tanlash lozim. 
Jadval 3.1. stlindir detallar uchun, elektrod simi materiali va flyus markasining 
qoplangan qatlam qattiqligiga ta‘siri to’g’risidagi eksperimental ma‘lumotlar 
keltirilgan. 
Tok kuchining qiymati, qoplanadigan detal va elektrod simining diametriga 
nisbatan tanlanadi (Jadval 3.2). 
Kuchlanish yoyining barqaror yonishini ta‘minlovchi miqdorda bo’lishi kerak. 
Tavsiya qilinadigan kuchlanish miqdori 25…30 V. 
Flyus ostida avtomatik suyuqlantirib qoplash tezligi quyidagi formuladan 
aniqlanadi: 
S
h
К
V
d
V
у
э
э
к
c
*
*
*
*
785
,
0
.
2
=


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling