53
10.Xromlash jarayonida qanday elektrolit ishlatiladi?
10–MA‘RUZA
Мавзу :
Detallarni ishlash imkoniyatini polimer materiallar ishlatib,
qo’shimcha detal qo’yib va kovsharlab tiklash. Detallarni tiklashning maqbul
usulini tanlash
R e j a :
1.Detallarni polimer materiallar yordamida tiklash usuli, afzallik va
kamchiliklari.
2.Polimerlarni turlari va ularning ishlatilish soxasi.
3. Rezbali birikmalarini qo’shimcha detal qo’yib tiklash.
4.Detallarni kovsharlab tiklash.
5. Detallarni tiklashning maqbul usulini
tanlash
Adabiyotlar: [7], [8].
Tayanch iboralar: Polimer materiallar (plasmassalar). Reaktoplast va
termoplastlar. Bog’lovchi element, To’ldiruvchi, plastifiqator, qatalizatorlar,
germetik va yelimlar. Kavsharlash, yumshoq va qattiq kavsharlar.
Mexanik
mustaxkamlik.
10.1. Detallarni polimer materiallar yordamida tiklash usuli.
Afzallik va kamchiliklari.
Remont amaliyotida mashina detallarini tiklashdan borgan sari polimer
materiallaridan kengroq foydalanilmoqda. Buning boisi sho’qi, polimer
juda keng
doirada ijobiy xossalarga ega: detallarni tiklash yoki yasashning oddiyligi; yaxshi
funktsion va anti friktsion sifatga egaligi; yetarli darajada puxtaligi, moy, benzin va
suvga chidamligi, sermehnatligining kamligi, narxining arzonligi.
Polimer materiallar
tabiiy gaz, neftni qayta ishlashda xosil bo’lgan gazsimon
mahsulotlardan va koksiximiya hamda yog’ochni qayta
ishlashdagi chiqindilar va
boshqalardan olinadi.
Polimerning kamchiliklariga temniratura va xizmat muddatining o’zgarishi
bilan fizik-mexanik xossalarining o’zgarishini, qattiqligi nisbatan kamligi, puxtaligi
va issiqbardoshligining tolikishdan (keyin) kamayishini ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: