50
Plazmaviy metallash. Mashina detallarini tiklashning istiqbolli
usullaridan
biridir. Bu jarayonning mohiyati shundan iboratki, bunda plazma oqimi
yordamida
suyuqlantirilgan metall plazma xosil qilish va ximoyalashda ishlatiladigan o’sha
gazlar yordamida purkalib qoplanadi.
Plazma yuqori temperaturadagi kuchli ionlashgan modda bo’lib, uning tarkibida
ko’p miqdorda zaryadlangan zarrachalar bo’ladi.
Plazmani xosil qilish uchun plazmatron deb ataladigan gorelkalardan
foydalaniladi. Gazni plazmatronning tor teshigidan (siqiq xolda) elektr yoy
razryadini o’tkazib
xosil qilinadi, natijada ionlanish darajasi oshadi. Harorat 7000-
18000oC gacha bo’ladi
Yuqori temperaturali plazma oqimi yordamida amalda har qanday qiyin
suyuqlanadigan materiallar (volfram, tsirkoniy (IV)-oksid, alyuminiy oksidi,
shuningdek, karbid, borid, nitrid va boshqa qiyin suyuqlanadigan
birikmalarni yuqori
tezlikda hamda bir tekis qoplash mumkin. Qoplamani deyarli hamma materiallarga,
jumladan shisha plastikaga ham qoplash mumkin.
Plazma xosil qilish va
neytral gazlar-argon, azot hamda ularning aralashmalarini
ishlatilishi legirlovchi elementlarni kam quyishini va kam oksidlanishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: