9.4. Detallarni galvanik usullari bilan tiklash.
Detallarni galvanik qoplamalar bilan tiklash elektrolid xodisasiga asoslangan.
Ma‘lumki, ikkinchi tur o’tkazgichlar, ya‘ni to’z, ishqor, kislota va boshqa
ximiyaviy birikmalarning eritmalari elektrolitlar deyiladi.
Elektrolitlardan elektr toki o’tkazilganda elektroliz sodir bo’ladi.
Detal tok manbaining manfiy qo’tbiga qatodga ulanganda, uning yoyilgan
sirtig’a metall o’tiradi. Tokning musbat qo’tbiga ulangan anod ikkinchi elektrod
sifatida xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda traktor va avtomobillarning 85% dan ortiq detallari,
dvigatellarning esa 95% detallari 0,3 mm metall yeyilish bilan brak qilinadi. Ularni
galvanik usulda tiklash ancha samarali xisoblanadi. Bu usulning suyuqlantirib
qoplashga nisbatan qator afzalliklari mavjud: jixozlarning oddiyligi; tushunish
osonligi; detalni amalda qizimasligi sababli metallda stro’qtura o’zgarishlar sodir
bo’lmaydi. Kam yoyilgan detallarni tiklashda yeyilishga chidamli qoplamalar olish
imkonini beradi.
Kamchiligi jarayonni sermehnatligidir.
Miqdoriy jihatdan, elektrolid jarayoni Faradeyning qonunlariga buysunadi:
-Eletroliz vaqtida ajralib chiqqan moddalarning og’irlik miqdori eritmada o’tgan
elektr miqdoriga to’g’ri proportsionaldir.
-Elektrodlarda bir xil miqdordagi elektr ta‘sirida hosil bo’lgan har xil
moddalarning og’irlik miqdorlari ularning ekvivalent og’irliklariga proportsional.
Elektrolitdan bir soat mobaynida bir amper elektr toki o’tkazilganda qatodda
o’tirib qolgan metall miqdori (gramm hisobiga) elektroximiyaviy ekvivalent deyiladi.
Faradeyning ikkala qonunini umumiy ko’rinishda quyidagicha ifodalash
mumkin:
М
т
= CJ * t
o
;
М
т
51
Do'stlaringiz bilan baham: |