55
parmalab kengaytirish va katta o’lchamli boltni ishlatishga to’g’ri keladi. Natijada
detallarning o’zaro almashinuvchanligi bo’ziladi va navbatdagi remont qiyinlashadi.
Qo’shimcha detal quyib remont qilish. Yoyilgan rezbali teshik parmalab
kengaytiriladi, unda oldindan tayyorlangan probka uchun chala rezba (ikkita birinchi
metchik bilan) qirqiladi.
Probka maxsus kalit yordamida teshikka tiralguncha burab kirgiziladi,
probkaning o’tish qismi kesiladi va u detal tekisligi bilan birt xil satxda tozalanadi.
Burab kirgizilgan probka deametri 3 mm va o’zunligi kamida 10 mm bo’lgan yassi
shtift bilan mahkamlanadi.
BF-2
yelim surkab, epoksidli asos bilan mahkamlash mumkin. Rezba
qirqilgandan keyin probka devorining qalinligi kamida 4 mm bo’lishi kerak.
Xozir rezbali probkao’rniga prujina quymalar keng ishlatilmoqda. Quymaning
ko’ndalang kesimi romb shaklidagi prujina simidan tayyorlanadi. Rombning o’tkir
burchagi 60
o
, ya‘ni metrik rezba profiliga mos keladi.
Yangi joyda rezba qirqib tiklash
shundan iboratki, bunda detal konstro’qtsiyasi
yo’l kuysa, yoyilgan rezbali teshik yonidan yangi teshik parmalab, normal o’lchamli
rezba qirqiladi.
Bu usul traktor va avtomobillarni remont qilishda keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: