31
Ultratovush yordamida tozalash usuli yonergiyani ultratovush nurlantirgichidan
tozalanuvchi suyuq muhit orqali o’tqazishga asoslangan. 20…25
kGts tebranishlar
katta tezlanish sodir bo’lishiga va suyuq muhitda pufakchalar paydo bo’lishiga sabab
bo’ladi, bu pufakchalar yorilganda juda kuchli gidravlik zarblar sodir bo’ladi. Buning
natijasida uglerodli o’tirindilar 2…3 mino’tda, moy pardalari 30…40 sekundda
yemiriladi. Ultratovush yordamida tozalash usuli ko’pincha murakkab shakli apita
detallarni tozalashda qo’llaniladi. (Masalan, karbyurator va yonilg’i
nasoslari
detallarini yuvishda).
Termik usul detallarni ancha chidamli uglerodli o’tirindilar (qurum, asfaltyonlar
va boshqa) tozalashda ishlatiladi. Detal termik pechda joylashtirilib, 600…700S°
gacha
qizdiriladi, 2…3 soat ushlab turiladi, so’ngra pech bilan birga asta sovitiladi.
Tob tashlamaydigan detallardagi qurumni gaz alangasida kuydirib yotqizish ham
mumkin.
Mexanik
usul detal sirtini kirgich, cho’tka va xokazolar yordamida qo’lda
tozalash yoki mexanizatsiya yordamida suyak uvoqlari, danak puchoqlari, abraziv va
boshqa materiallari havo, suv yoki yuvish suyuqligi bilan purkab tozalashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: