29
5.2. Mashinlar remontga tayyorlash va qabul qilish talablari.
Mashinalarni remontga tayyorlash ishlari xo’jaliklarda o’tqaziladi. Dvigatelning
sovitish sistemasi dala ishlarining oxirgi
kunlarida yuviladi, blok g’ilofi, radiator
devorchalaridagi kuykalarni parchalar uchun sistemaga eritma quyiladi. Bunday
eritmalar sifatida 1 l suvga 100…150 g kaltsiyalangan soda (Na2CO3); 10l suvga 1
litr 5% li nitrat kislota qo’shilgan eritmalar ishlatilishi mumkin. Dvigatel ana shu
eritmalarning birida 10…12 soat ishlashi kerak, so’ngra eritma to’qiladi va bo’tun
sovitish sistemasi toza suv bilan yuviladi.
Mashinalarni remontga qabul qilish uchun maxsus
shaklda uch nusxada qabul
qilish-topshirish akti rasmiylashtiriladi.
Aktda mashinaning ishlatila boshlaganidan boshlab va yong oxirgi remontdan
keyin ishlagan soatlari soni, uzel va agregatlarning holati, mashinaning komplektligi,
shuningdek, iste‘molchining aybi bilan ishdan chiqqan
avariyaviy uzel va detallar
ko’rsatiladi. Traktorlar remontga to’la komplektlikda topshirilishi shart.
Avtomobillar uchun ikkita komplektlik belgilangan: 1-komplektlikda zavod
tomonidan quyilgan barcha tarkibiy qismlari (shofyor asboblari va ehtiyot
g’ildirakdan tashqari) bo’lishi shart; 2-komplektlik yo’q avtomobillari uchun
platformasi, furgoni va ularni ramaga mahkamlovchi detallarning yo’qligi
bilan
harakterlanadi.
5.3. Detal va birikmalarni tozalashning ahamiyati.
Qishloq xo’jalik texnikalarini va ularning detallarini tozalash jarayoni – remont
qilish ishlab chiqarish jarayonlarining o’ta muhim va ma’suliyatlisidir. Tozalash
jarayoni remont korxonalari ishlab chiqarish madaniyatig’a, mehnat unumdorligi va
remont qilish sifatiga katta ta‘sir o’tkazadi.
Tekshirishlar natijasi ko’rsatadiki, mashina detallari sirtlari chala tozalansa,
mashinalarning remondan keyingi resursi 20…30% ga kamayadi.
Tozalash texnologik jarayonini
sifatli bajarilishi, ko’pgina ijobiy natijalar
beradi. Detallar sirtidagi kirlarni bo’tunlay yotqizish: ularni yaroqli-yaroqsizga
ajratish, qayta tiklash sifatini ancha oshiradi; brak sodir bo’lishi
kamayadi;
bo’laklash va yig’ish jarayonlarida ish unumini 6…8% gacha oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: