Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 
4.4. Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini 
ta‘minlash. 
 
Qishloq xo’jaligi soxasida ishlatiladigan texnikalarning dastlabki ishonchlilik 
darajasi, ushbu mashinalarning foydalanish davrida bajariladigan ish hajmiga 
mutanosib (proporsional) bo’ladi. Mashinalar bajargan ishi miqdori oshib borishi 
bilan ularning ishonchlilik darajasi (bo’zilmay ishlashlik, uzoq xizmat qilishlik
remontbobligi va saqlanuvchanlik xossalari) pasayib boradi. 
Mashinalarni ishlatishda ularning ishonchliligini ta‘minlash (saqlash) uchun 
quyidagi tadbirlarga e‘tibor berish kerak: 
1) Yangi yoki remont qilingan mashinalarni xo’jalik sharoitlarida 50…60 soat 
davomida yo’q va tezlikni asta-sekin oshirib borish bilan chiniqtiriladi. Bunda yo’q 
iste‘mol qilinadigan quvvatning 20 foizidan boshlab asta-sekin oshirib boriladi. 
2) Texnik xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil etish, ularni o’tqazish uchun 
zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash lozim. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar mamlakasini 
oshirish, zarur asbob va moslamalar komplektining bo’lishi shart. 
3) Mashinalarni normal ish rejimida ishlatish lozim. Mashinalarga me‘yoridan 
ortiq yo’q berilmasa, ular vazifasi bo’yicha rasmona tezlikda ishlatilsa, ularning 
xizmat muddatlari oshadi. Mashinalarni ortiqcha qizdirmasdan ishlatish
dvigatelllarni ishga tushirishda past tezlikda qizdirish –bo’zilmay ishlashning asosiy 
garovi bo’ladi. 
4) Yonig’li-moylarni saqlashga oid zavod tavsiyalariga qat‘iy rioya qilish, 
ularni tozaligini ta‘minlash, birikmalarni, karter va korpus qutilarini chang 
kirmaydigan qilib mahkamlash, mashinalarning ishlamay qolishlarini kamaytiradi va 
ularning uzoq xizmat qilishini ta‘minlaydi. 
Mashinalarning ishlatishda sodir bo’ladigan buzilish va nuqsonlari to’g’risidagi 
axborotni yig’ish va ishlash tizimi ularning ishonchliligiga bilvosita ta‘sir o’tkazadi. 
Har xil sharoitlarda ishlaydigan mashina qismlarining buzilishi xaqidagi 
ma‘lumotlarni mashinani tayyorlagan zavodga mo’ttasil yuborib turish lozim. 
Keyinchalik ushbu yig’ilgan axborotlarni zavod loyihachilari tahlil yoib, 
mashinalarda ko’p uchraydigan nuqsonlarini sababini aniqlaydilar va mashina 
loyihasini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadilar. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling