Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


  4.5. Mashinalarni ta‘mirlash davrida, ularning


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 


26 
4.5. Mashinalarni ta‘mirlash davrida, ularning 
ishonchliligini oshirish 
Mashinalar ishonchliligi ularni remont qilish vaqtida ham ta‘minlanadi. Remont 
korxonasiga keltirilgan remont talab mashinalarni (detallarni) to’g’ri saqlash katta 
ahamiyatga ega. Remont qilinadigan buyumlarni qoniqarsiz sharoitda saqlansa, ular 
zanglashi va eskirishi va yangi nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli, 
remont talab buyumlar (mashina, detal, agregatlar) maxsus jihozlangan omborxona
bostirma (ayvon) va maydonchalarda saqlanishi shart. 
Remont paytida mashinalar ishonchliligini ta‘minlash-remont 
qilish 
texnologiyasini sifati oshirishga bog’liq bo’ladi. Buning uchun quyidagilarga e‘tibor 
berish zarur: 
1. Detallar va agregatlar sirti har xil qirlardan (qurum, smolali va to’zli 
cho’kindilardan) yaxshilab tozalanishi lozim. Buning uchun zamonaviy yuvish 
mashinalaridan, o’ta samarali yuvish vositalaridan foydalaniladi. 
2. Agregatlar va uzellarni bo’laklashda, ularning ishkastlanishini oldini olish 
maqsadida, zamonaviy asbob-uskunalardan, gidravlik ajratkichlar, pnevmatik 
kalitlarni ishlatish talaba etiladi: 
3. Mashina detallarini yaroqli-yaroqsizga ajratishda yuqori aniqlikdagi
zamonaviy o’lchov asbob-uskunalari (kalibr, andozalar va boshqa) dan foydalanib, 
texnik shartlarga qat‘iy rioya qilinadi. 
4. Detallarni komplektlashda, ularni vazni bo’yicha tanlab, taranglik bilan 
biriktiladigan detallarni qizdirish, mahkamlanadigan detallar dinamomyorik kalitlar 
yordamida qotirish lozim. 
5. Mashinalarni yig’ishda, chiniqtirishda va sinashda ham texnik shartlar 
talablariga qat‘iy amal qilish talab etiladi. Bunda zamonaviy asbob-uskunalaridan 
foydalaniladi.
O’z-o’zini tekshirish savollar : 
 
1. Qishloq xo’jalik mashinalarining ishonchliligini oshirishning xalq 
xo’jaligidagi ahamiyati. 
2. Mashinalarning ishonchliligiga ta‘sir youvchi omillarni aytib bering. 
3. Ishonchlilikni oshirishning sub‘yektiv omillariga misollar keltiring. 
4. Ishonchlilikka ta‘sir youvchi ob‘yektiv omillarga misollar keltiring. 
5. Ishonchlilikni oshirishga qaratilgan tadbirlar necha guruhga bo’linadi? 
6. Loyihalash davrida ishonchlilikni oshirishga qaratiladigan konstruktiv 
tadbirlarni sanab o’ting. 
7. Mashinalarning ishonchlilik darajasi, ularni tayyorlash davrida qanday 
sabablarga ko’ra pasayishi mumkin? 
8. Mashinalarni tayyorlashda, ularning ishonchliligini ta‘minlash uchun 
qanday tadbirlarga e‘tibor berish lozim. 
9. Mashinalaroni ishlatish davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash uchun 
qanday tadbirlarga e‘tibor berish kerak. 
10. Mashinalarning dastlabki ishonchlilik darajasi bilan ularning bajariladigan 
ish hajmi o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud. 


27 
11. Mashinalarni remont qilish paytida, ularning ishonchliligini ta‘minlash 
uchun nimalarga e‘tibor berish lozim 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling