Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Yuvish usullari, vositalari, mashina va moslamalari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 
5.5. Yuvish usullari, vositalari, mashina va moslamalari. 
Tozalashning quyidagi usullari ancha keng tarqalgan: fizik-ximiyaviy, 
elektroximiyaviy, ultratovush yordamida, termik va Mexanik usullari. 
Tozalashning fizik-ximiyaviy usuli kirlarni eritish, emulsiyaga aylantirish va 
ximiyaviy parchalashdan iborat bo’lib, bunda erituvchi emulsiya hosil qiluvchi 
vositalar ishlatiladi, detallar sintyoik yuvish vositalarining eritmalarida chayqab 
olinadi. Tozalash jarayonini ham fizik, ham ximiyaviy omillar bilan jadallashtirish 
mumkin. 
Elektro-ximiyaviy usul o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tokda tok o’tkazuvchi 
elektrolitda olib boriladi. Ko’pincha 3…10 A/dm
2
bo’lgan tokdan foydalaniladi. Tok 
zichligi ortgan sari sirtni yog’sizlantirish jarayoni ortadi. Bu usul detallarni galvanik 
va polimir qoplamalar bilan tiklashga tayyorlash uchun ko’proq qo’llaniladi. 


31 
Ultratovush yordamida tozalash usuli yonergiyani ultratovush nurlantirgichidan 
tozalanuvchi suyuq muhit orqali o’tqazishga asoslangan. 20…25 kGts tebranishlar 
katta tezlanish sodir bo’lishiga va suyuq muhitda pufakchalar paydo bo’lishiga sabab 
bo’ladi, bu pufakchalar yorilganda juda kuchli gidravlik zarblar sodir bo’ladi. Buning 
natijasida uglerodli o’tirindilar 2…3 mino’tda, moy pardalari 30…40 sekundda 
yemiriladi. Ultratovush yordamida tozalash usuli ko’pincha murakkab shakli apita 
detallarni tozalashda qo’llaniladi. (Masalan, karbyurator va yonilg’i nasoslari 
detallarini yuvishda). 
Termik usul detallarni ancha chidamli uglerodli o’tirindilar (qurum, asfaltyonlar 
va boshqa) tozalashda ishlatiladi. Detal termik pechda joylashtirilib, 600…700S° 
gacha qizdiriladi, 2…3 soat ushlab turiladi, so’ngra pech bilan birga asta sovitiladi. 
Tob tashlamaydigan detallardagi qurumni gaz alangasida kuydirib yotqizish ham 
mumkin. 
Mexanik usul detal sirtini kirgich, cho’tka va xokazolar yordamida qo’lda 
tozalash yoki mexanizatsiya yordamida suyak uvoqlari, danak puchoqlari, abraziv va 
boshqa materiallari havo, suv yoki yuvish suyuqligi bilan purkab tozalashdan iborat. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling