Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
4.5. Mashinalarni ta‘mirlash davrida, ularning
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z-o’zini tekshirish savollar
26 4.5. Mashinalarni ta‘mirlash davrida, ularning ishonchliligini oshirish Mashinalar ishonchliligi ularni remont qilish vaqtida ham ta‘minlanadi. Remont korxonasiga keltirilgan remont talab mashinalarni (detallarni) to’g’ri saqlash katta ahamiyatga ega. Remont qilinadigan buyumlarni qoniqarsiz sharoitda saqlansa, ular zanglashi va eskirishi va yangi nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli, remont talab buyumlar (mashina, detal, agregatlar) maxsus jihozlangan omborxona, bostirma (ayvon) va maydonchalarda saqlanishi shart. Remont paytida mashinalar ishonchliligini ta‘minlash-remont qilish texnologiyasini sifati oshirishga bog’liq bo’ladi. Buning uchun quyidagilarga e‘tibor berish zarur: 1. Detallar va agregatlar sirti har xil qirlardan (qurum, smolali va to’zli cho’kindilardan) yaxshilab tozalanishi lozim. Buning uchun zamonaviy yuvish mashinalaridan, o’ta samarali yuvish vositalaridan foydalaniladi. 2. Agregatlar va uzellarni bo’laklashda, ularning ishkastlanishini oldini olish maqsadida, zamonaviy asbob-uskunalardan, gidravlik ajratkichlar, pnevmatik kalitlarni ishlatish talaba etiladi: 3. Mashina detallarini yaroqli-yaroqsizga ajratishda yuqori aniqlikdagi zamonaviy o’lchov asbob-uskunalari (kalibr, andozalar va boshqa) dan foydalanib, texnik shartlarga qat‘iy rioya qilinadi. 4. Detallarni komplektlashda, ularni vazni bo’yicha tanlab, taranglik bilan biriktiladigan detallarni qizdirish, mahkamlanadigan detallar dinamomyorik kalitlar yordamida qotirish lozim. 5. Mashinalarni yig’ishda, chiniqtirishda va sinashda ham texnik shartlar talablariga qat‘iy amal qilish talab etiladi. Bunda zamonaviy asbob-uskunalaridan foydalaniladi. O’z-o’zini tekshirish savollar : 1. Qishloq xo’jalik mashinalarining ishonchliligini oshirishning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. 2. Mashinalarning ishonchliligiga ta‘sir youvchi omillarni aytib bering. 3. Ishonchlilikni oshirishning sub‘yektiv omillariga misollar keltiring. 4. Ishonchlilikka ta‘sir youvchi ob‘yektiv omillarga misollar keltiring. 5. Ishonchlilikni oshirishga qaratilgan tadbirlar necha guruhga bo’linadi? 6. Loyihalash davrida ishonchlilikni oshirishga qaratiladigan konstruktiv tadbirlarni sanab o’ting. 7. Mashinalarning ishonchlilik darajasi, ularni tayyorlash davrida qanday sabablarga ko’ra pasayishi mumkin? 8. Mashinalarni tayyorlashda, ularning ishonchliligini ta‘minlash uchun qanday tadbirlarga e‘tibor berish lozim. 9. Mashinalaroni ishlatish davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash uchun qanday tadbirlarga e‘tibor berish kerak. 10. Mashinalarning dastlabki ishonchlilik darajasi bilan ularning bajariladigan ish hajmi o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud. 27 11. Mashinalarni remont qilish paytida, ularning ishonchliligini ta‘minlash uchun nimalarga e‘tibor berish lozim Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling