Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

Ishlamay qolish (otkaz) – mashinaning ishlash qobiliyatining buzilishidan 
iborat bo’lgan hodisa. 
Buzilmasdan ishlash – mashinaning biror vaqt ichida yoki qandaydir hajmdagi 
ishni bajargunga qadar o’zining ishlash qobiliyatini majburiy tanaffuslarsiz saqlash 
xususiyati. 
Chidamlilik (uzoq xizmat qilish) – mashina, agregat, uzel, tutashmaning 
o’zining ishlash qobiliyatini oxirgi holatgacha saqlash xususiyati. Oxirgi holat 
mashinani texnik xizmat ko’rsatmasdan yoki remont qilmasdan turib, undan 



foydalanish mumkin emasligi bilan belgilanadi. Oxirgi holat texnik xujjatlarda 
izohlanadi.
Remontga yaroqlilik (ta‘mirboplilik) – mashina (agregat, uzel) ning 
mashinaning xizmat ko’rsatish (remont qilish) yo’li bilan ishlamay qolishi hamda 
nuqsonlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat 
xususiyati. 
Saqlanuvchanlik – mashina (buyum) ning o’z ish ko’rsatkichlarini saqlash va 
saqlanish muddati davomida va bu muddat tugugandan keyin ham texnik xujjatlarda 
ko’rsatilgan qiymatlarda saqlab qolish xususiyatlari. 
Bajargan ishi – ob‘yektning ishlash davomiyligi yoki hajmi. Agar ob‘yekt 
(mashina, agregat, uzel) tanaffuslar bilan ishlaydigan bo’lsa, u holda jami bajargan 
ishi hisobga olinadi. Bajargan ish vaqt, o’zunlik, maydon (gektar), hajm, massa va 
boshqa birliklarda o’lchanishi mumkin. 
Ishlamay qolgunga qadar bajargan ishi – remont qilinadigan mashinaning 
ishlamay qolishlar oralig’ida bajargan ishining o’rtacha qiymati. 
Nosozlik – mashinaning (buyumning) shunday holatiki, bunda u texnik 
xujjatlardagi talablarning loaqal bittasiga mos kelmaydi. 
Resurs – mashinaning (buyumning) texnik xujjatlarda izoxlangan oxirgi 
holatga qadar bajaradigan ishi. Birinchi remontgacha bo’lgan resurs, remontlararo 
resurs, belgilangan resurs va boshqa resurslar bo’lishi mumkin. 
Xizmat muddati –mashina ishlatila boshlangandan yoki kapital remont-
langandan to texnik xujjatlarda izohlangan oxirgi holatga kelguncha yoki hisobdan 
chiqarilgunga qadar kalyondar ishlash davomiyligi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling