9
tashkil youvchi o’rinma ishqalanish kuchi deb ataladi. Ishqalanish kuchini
kamaytirish maqsadida ishqalanish sirti moylash materiali bilan moylanadi.
Moylash – bu moylash materialining ta‘siri bo’lib, natijada ikki
sirt orasida
ishqalanish kuchi kamayadi.
O’rinuvchi sirtlarning nisbiy siljishiga qarab tinch holdagi va harakatdagi
ishqalanish bo’ladi (GOST 23.002-78).
Tinch holdagi ishqalanish deb ikkita jismning nisbiy siljishiga o’tgunga qadar
juda kichik siljishlardagi ishqalanishga aytiladi.
Harakatdagi ishqalanish-nisbiy harakatdagi ikkita jismning ishqalanishi.
Nisbiy harakatning belgisiga ko’ra harakatdagi ishqalanishning
quyidagi turlari
bor: sirpanib ishqalanish, dumalab ishqalanish
va sirpanib dumalanishdagi
ishqalanish.
Moylanish mavjudligiga qarab: moysiz (quruq) ishqalanish, moyli ishqalanish,
chegaraviy ishqalanish turlari mavjud.
Quruq (moysiz) ishqalanish sirtida hech qanday turdagi moylash
materialining
yo’qligida jismning ishqalanishidir. Ilashish muftalarining disklari, tormoz barabani-
kolodkalari, zanjirli traktorlarning yo’rish qismi detallari (juftliklari)
quruq
ishqalanish sharoitida ishlaydi.
Moylash materitalli (moyli) ishqalanish sirtida har qanday turdagi moylash
materiall bo’lgan ikkita jismning ishqalanishidir. Ishqalanuvchi
sirtlar orasidagi
moylash materialining turi xususiyatlariga qarab moylashning quyidagi turlari
bo’ladi
moylash materialining fizik holatiga qarab: gazli, suyuqli
va qattiq moylash;
ishqalanish sirtlarining moy qatlami bilan ajralish tipiga qarab: gidrodinamik,
gidrostatik, gazodinamik, gazostatik, chegaraviy va yarim suyuqlikli moylash.
Do'stlaringiz bilan baham: