Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
К – dumalashdagi ishqalanish koeffitsiyyonti; N
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
К – dumalashdagi ishqalanish koeffitsiyyonti;
N – me‘yoridagi kuch, R – dumalash radiusi, m. 2.3. Mashina detallaridagi yeyilish turlari. Mashina detallarining yeyilishiga asosiy sabab ishqalanishdir. Mashina detallarining ishlash jarayonida ishqalanuvchi sirtlariga kuchlar ta‘sir etishidan o’lchamlarining nomaqbul o’zgarishi yeyilish deb ataladi. Detallarning yeyilishi belgilangan birliklarda aniqlanadigan yemirilish natijasidir. Yeyilish ishqalanuvchi sirtlar materiali va sifatiga, ularning o’zaro siljish harakteri va tezligiga, bir-biriga tegish tabiatiga, moylash va moylash materiallari turiga va boshqa ko’p omillarga bog’liq. Mashinalar uchun yeyilishning uchta turi belgilangan (GOST 23.002-78): Mexanik, Korrozion-mexanik va elektr toki ta‘sirida yeyilishlar. O’z navbatida har bir yeyilish bir necha ko’rinishga ega. Mexanik yeyilish mexanik ta‘sirlar natijasida sodir bo’lib, u abraziv, gidroabraziv (gazoabraziv), erozoin, gidroerozion (gazoerozion), kavitatsion, freting, tolikib va qadalib yeyishlarga ajratiladi. Korrozion – mexanik yeyilish mexanik ta‘sir hamda material bilan muhit orasida ximiyaviy yoki elektroximiyaviy o’zaro ta‘sirlanishi tufayli sodir bo’ladi. Bu yeyilish oksidlanib va freting-korroziyadagi yeyilishga ajratiladi. Elektr toki ta‘sirida yeyilish elektro-errozion yeyilish deb ataladi. U sirtdan elektr toki o’tganda razryadlar ta‘siri natijasida sodir bo’ladi. Elektr generatorlarining kollektorlari, qo’zg’aluvchan elektr kontaktlar va boshqa sirtlar ana shu turdagi yeyilishga moyil bo’ladi. Yeyilish turlarining klassifikatsiyalari A.K.Zaytsev, B.I.Kostetskiy, M.M, Xrushchov, I.V.Kragelskiy va boshqa olimlar tomonidan taklif etgan. Shulardan prof. B.I.Kostyoskiy va prof. M.M.Xrushchov taklif etganlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. B.I.Kostyoskiy taklifiga ko’ra yeyilish ilashib qolish natijasida yeyilish, oksidlab yeyilish, issiqlik ta‘sirida yeyilish, abrazivdan yeyilish va chechaksimon yeyilishga bo’linadi. Ilashib yeyilish moy va oksid pardasi bo’lmaganda po’lat yuzalar kichik (1,0 m/sek gacha) tezlik bilan ishqalanishida va solishtirma bosim xaqiqiy kontakt bo’lgan joylarda detalning oquvchanlik chegarasidan oshib ketgan hollarda kuzatiladi. Oksidlanib yeyilishda bir vaqtning o’zida ikki jarayon boradi: ulardan biri detallar sirtqi qatlamlarida detal mikroskopik hajmining plastik deformatsiyalanishi bo’lsa, ikkinchisi havodagi kislorodning deformatsiyalanuvchi qatlamlarga diffuziyalanishidir. 12 Issiqlik ta‘sirida yeyilish detallarning katta sirpanish tezliklarida va katta solishtirma bosimlarda ishqalanishi natijasida hosil bo’ladigan issiqlik natijasida sodir bo’ladi. Ajralib chiqayotgan ko’p miqdordagi issiqlik detalning ichki qatlamiga o’tishga ulgurolmaydi, natijada detallarning sirtqi qatlamlari juda qizib ketadi. Yuqori harorat detallarning sirtqi qatlamlarida termik ishlanishi, qayta kristallanishi, yumshashi, toblanashi va hatto qotishma hosil bo’lishiga olib keladi. Abraziv yeyilishda mikroplastik deformatsiyalar bo’ladi va ishqalanuvchi detallar yuza qatlamlarini ishqalanayotgan yuzalar orasidagi qattiq abraziv zarrachalar qirqib yuboradi. Atrof-muhitdan tushgan yoki boshqa turdagi yeyilish mahsulotlaridan hosil bo’lgan abraziv zarrachalar ko’pincha o’zining qattiqligi jixatidan ishqalanuvchi detallar qattiqligidan yuqori bo’ladi va kesuvchi asbobga o’xshab ta‘sir ko’rsatadi. Chechaksimon yeyilish dumalab ishqalanishda sodir bo’ladi va dumalanish podshipniklarining ish sirtlarida, shesternyalarning tishlarida juda yaqqol namoyon bo’ladi. Dumalab ishqalanishda detalning oquvchanlik chegarasidan ortib ketadigan takroriy-o’zgaruvchan yuklanishlar ta‘sirida toliqish hodisalari ro’y beradi, buning natijasida detalning sirtqi qatlamlari yemiriladi. Yemirilish detal sirtida paydo bo’lgan mikroskopik darzlardan boshlanib, detallar ishlayvergan sari bu darzlar yakka-yakka va guruhiy cho’qurchalar va uyiqlarga aylanadi. M.M.Xrushchovning taklifiga ko’ra, detallarning yeyilish turlari uch guruhga bo’linadi: Mexanik, molekulyar-mexanik va korrozion-mexanik yeyilishlar. Mexanik yeyilishlarda ishqalanuvchi detallar sirtlarida sof Mexanik hodisalar: detal ashyosining qirqilishi, zarralarning sinib ajralishi, deformatsiyalanishi va boshqalar yuz beradi. Molekulyar– mexanik yeyilishlar ishqalanuvchi sirtlarning ayrim qismlarida ashelarning (materialning) ilashib (yopishib) qolishi, keyin bu joylarda detalning yemirilishi xodisasi bilan bog’liqdir. Korrozion – mexanik yeyilishlarda ishqalanuvchi sirtlarda oksid pardalari, kimyoviy birikmalar hosil bo’ladi, keyin bu birikmalar mexanik tarzda yemiriladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, amalda yeyilishning har xil turlari bor vaqtda sodir bo’lishi mumkin, ularning har biri o’ziga xos natijani beradi. Ammo har qanday konkert detal uchun faqat bir tur asosiy yeyilish bo’lib, qolganlari ikkinchi darajali (asosiymas) yeyilishdir. Mashina detallarining yeyilishini oldini olish maqsadida, ularning ishqalanuvchi sirtlari qattiqligini oshirishning ta’minlash, sirtni toblash, qattiq materiallarni eritib qoplash, galvanik qoplamalar qoplash kabi juda ko’plab usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar amaliyotda keng qo’llanib, ishqalanuvchi detallarning ishonchliligi va chidamliligini oshirish imkonini bermoqda. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling