Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

Siyqalanish. Mashinalar detallarining ishqalanuvchi sirtlarida juda kichik 
o’lchamli notekisliklar va g’ovaklarning bo’lishi lozim, chunki ular sirtlar qizigan 
vaqtda, chiqiqlar va moylar uchun mikrosovo’tkichlar bo’lib xizmat qiladi. Shunga 
asosan, detallarni tayyorlash yoki tiklashdan keyin, ularning yuzalaridagi 
notekisliklar eng maqbul g’adir-budurlikka ega bo’lishi va ushbu g’adir-budurlik 
detallar normal siyqalangandan keyingi paydo bo’ladigan notekisliklarga mos kelishi 
shart. 
Yuqoridagi talab bajarilmasa, siyqalanish jarayonida detallarning ishqalanuvchi 
sirtlari tez yemiriladi va o’lchamlari o’zgaradi. Bu hol, notekisliklarni, ushbu 
tutashmaning ishlash sharoiti va sirtlarning materialiga bog’liq bo’lgan o’lchamgacha 
kichraygunga qadar davom etadi. 
Yaxshilab ishlov berilgan sirtlarda notekisliklar kamroq bo’ladi va siyqalanish 
jarayonidan sirtlar kam yeyiladi. 
Biroq, bunday ishlov berish samarasiz hisoblanadi, chunki o’ta silliq sirt hosil 
qilish uchun qimmat va sermehnat jarayonlar talab qilinadi. Boshqa tomondan, 
ko’pgina detallar (plunjerlar, silindrlarni ichki silliq sirti va xakozolar) uchun bu xol 
talab etilmaydi, chunki biroz vaqt o’tgandan keyin, ularning g’adir-burdurliklari eng 
maqbul qiymatga etadi. 
Mikroqirqilish. Abrazivning qattiq zarralari yoki yeyilish mahsulotlarining 
sirtga ancha chuqur botishi natijasida, detallar materiali mikroqirqiladi va 
mikroqirqindilar hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan mikroqirqindilar, ishqalanuvchi 
sirtlarda sirpanganida, ularni tirnaydi. 
Qatlanib ko’chish. Detall materialining qovushqoq oqishi vaqtida, bir 
tomonga siqilib surilishi va oqish qobiliyati tugagandan keyin, qatlamlanib ko’chish 
sodir bo’ladi. Oqish jarayonida material oksid pardasi ustig’a chiqib qoladi va asos 
bilan bog’lanishni yuqotadi.
Agar jismlarning chiziqli va nuqtali o’zaro ta‘sirida qatlamning chuqurligi 
bo’yicha zuriqishi, materialning toliqish qarshiligidan katta bo’lsa, ish vaqtida 
darzlar paydo bo’lib, ular detalni tangasimon tarzda ajralishiga sabab bo’ladi. 
Ezilish. Detallar ishlayotganda yeyilish bilan birga ezilish jarayoni ham sodir 
bo’ladi. Bunda tutash detallarning sirtqi qatlamida detalning qayishqoq 
deformatsiyalanishi, qayirishi, sinishi va kesilishi ro’y beradi. 
Rezbali birikmalarning detallari va qo’zg’almas birikmalardagi detallar ko’proq 
eziladi.
Uvalanish – detal materiali toliqib yeyilganda, undan zarralar ajralishi 
natijasida ishqalanish sirtida unqir-chunqirliklar paydo bo’lish jarayoni. Uvalanish 
sharik va rolikli podshipniklarda ko’proq uchraydi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling