Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroqirqilish.
- Qatlanib ko’chish
Siyqalanish. Mashinalar detallarining ishqalanuvchi sirtlarida juda kichik
o’lchamli notekisliklar va g’ovaklarning bo’lishi lozim, chunki ular sirtlar qizigan vaqtda, chiqiqlar va moylar uchun mikrosovo’tkichlar bo’lib xizmat qiladi. Shunga asosan, detallarni tayyorlash yoki tiklashdan keyin, ularning yuzalaridagi notekisliklar eng maqbul g’adir-budurlikka ega bo’lishi va ushbu g’adir-budurlik detallar normal siyqalangandan keyingi paydo bo’ladigan notekisliklarga mos kelishi shart. Yuqoridagi talab bajarilmasa, siyqalanish jarayonida detallarning ishqalanuvchi sirtlari tez yemiriladi va o’lchamlari o’zgaradi. Bu hol, notekisliklarni, ushbu tutashmaning ishlash sharoiti va sirtlarning materialiga bog’liq bo’lgan o’lchamgacha kichraygunga qadar davom etadi. Yaxshilab ishlov berilgan sirtlarda notekisliklar kamroq bo’ladi va siyqalanish jarayonidan sirtlar kam yeyiladi. Biroq, bunday ishlov berish samarasiz hisoblanadi, chunki o’ta silliq sirt hosil qilish uchun qimmat va sermehnat jarayonlar talab qilinadi. Boshqa tomondan, ko’pgina detallar (plunjerlar, silindrlarni ichki silliq sirti va xakozolar) uchun bu xol talab etilmaydi, chunki biroz vaqt o’tgandan keyin, ularning g’adir-burdurliklari eng maqbul qiymatga etadi. Mikroqirqilish. Abrazivning qattiq zarralari yoki yeyilish mahsulotlarining sirtga ancha chuqur botishi natijasida, detallar materiali mikroqirqiladi va mikroqirqindilar hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan mikroqirqindilar, ishqalanuvchi sirtlarda sirpanganida, ularni tirnaydi. Qatlanib ko’chish. Detall materialining qovushqoq oqishi vaqtida, bir tomonga siqilib surilishi va oqish qobiliyati tugagandan keyin, qatlamlanib ko’chish sodir bo’ladi. Oqish jarayonida material oksid pardasi ustig’a chiqib qoladi va asos bilan bog’lanishni yuqotadi. Agar jismlarning chiziqli va nuqtali o’zaro ta‘sirida qatlamning chuqurligi bo’yicha zuriqishi, materialning toliqish qarshiligidan katta bo’lsa, ish vaqtida darzlar paydo bo’lib, ular detalni tangasimon tarzda ajralishiga sabab bo’ladi. Ezilish. Detallar ishlayotganda yeyilish bilan birga ezilish jarayoni ham sodir bo’ladi. Bunda tutash detallarning sirtqi qatlamida detalning qayishqoq deformatsiyalanishi, qayirishi, sinishi va kesilishi ro’y beradi. Rezbali birikmalarning detallari va qo’zg’almas birikmalardagi detallar ko’proq eziladi. Uvalanish – detal materiali toliqib yeyilganda, undan zarralar ajralishi natijasida ishqalanish sirtida unqir-chunqirliklar paydo bo’lish jarayoni. Uvalanish sharik va rolikli podshipniklarda ko’proq uchraydi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling