Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilograflash
2.6. Yeyilishni aniqlash usullari
Mashina detallarining yeyilganlik darajasini aniqlashda: mikrometraj qilish, profilograflash, tarozida tortib ko’rish, karter yoki korpus detallari tubidagi moy 15 tarkibida temir miqdorini aniqlash, radioktiv izotoplar yordamida, izlar va uyilgan cho’qurchalarga qarab aniqlash kabi usullardan foydalaniladi. Mikrometraj qilish usulida yeyilishni aniqlash uchun mashina yoki uzellar qismlarga ajratilib, detallarning yeyilgan joylari o’lchov asboblari bilan o’lchab ko’riladi. Bunda mikrometrlar, indikatorli nutromerlar, skobalar, mexanik va optik asboblar, asbobsozlik hamda universal mikroskoplardan keng foydalaniladi. Profilograflash. Yeyilishni bu usulda aniqlashda profilograflardan foydalaniladi. Ular yordamida detal sirti holatining o’zgarishi va ayrim joylarini yeyilganligi aniqlanadi. Tarozida tortish. Bunda detalning yeyilganligi sinashdan oldin va keyin uni tarozida tortib, aniqlangan og’irliklarini taqqoslash yo’li bilan topiladi. Ammo detalning qaysi joylari va qanday yeyilganini bu usul yordamida aniqlab bo’lmaydi. Yeyilganlikni moydagi temir miqdoriga qarab aniqlash usulida dvigatelning moylash tizimi yoki uzatmalar qutisidan, orqa ko’prik korpusidan vaqt-vaqtida moy namunasi olinib, undagi temir miqdori aniqlanadi. Bu usulning afzalligi shundaki, yeyilganlikni aniqlash uchun mashinani qismlarga ajratish talab qilinmaydi. Ammo, moydagi temir miqdori qaysi detallarning yeyilishi evaziga ko’payganligini aniqlab bo’lmasligi bu usulning kamchiligidir. Yeyilganlikni radioaktiv izotoplar yordamida aniqlashda detalni tayyorlash vaqtida qotishmaga radiaktiv izotop qo’shiladi yoki tayyorlangan detalda teshiklar parmalanib, ularga radioaktiv detalardan yasalgan tilindrlar («guvohlar») kiritiladi. Radioaktiv zarralar hisoblagichi yordamida moy namunasidagi radioaktiv zarrachalar miqdori aniqlanadi. Hisoblagichni dvigatelning moylash tizimiga ulab ayrim ish omillarining dvigatelni yeyilishiga ko’rsatadigan ta‘sirini tez va ancha aniq aniqlash mumkin. Yeyilganlikni izlar va uyilgan cho’qurchalarga qarab aniqlash uchun detallarda olmos piramidalar yoki olmos keskich yordamida cho’qurchalar va uyiqlar hosil qilinadi. Vaqt-vaqtida izlar diagonallarining o’lchamlarini yoki cho’qurchaning uzunligini mikroskop yordamida o’lchab, detalning uzun qismidagi yeyilish darajasi aniqlanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling