Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


К – dumalashdagi ishqalanish koeffitsiyyonti; N


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

К – dumalashdagi ishqalanish koeffitsiyyonti;
N – me‘yoridagi kuch, 
R – dumalash radiusi, m. 
2.3. Mashina detallaridagi yeyilish turlari. 
Mashina detallarining yeyilishiga asosiy sabab ishqalanishdir. 
Mashina detallarining ishlash jarayonida ishqalanuvchi sirtlariga kuchlar ta‘sir 
etishidan o’lchamlarining nomaqbul o’zgarishi yeyilish deb ataladi. 
Detallarning yeyilishi belgilangan birliklarda aniqlanadigan yemirilish 
natijasidir. Yeyilish ishqalanuvchi sirtlar materiali va sifatiga, ularning o’zaro siljish 
harakteri va tezligiga, bir-biriga tegish tabiatiga, moylash va moylash materiallari 
turiga va boshqa ko’p omillarga bog’liq. 
Mashinalar uchun yeyilishning uchta turi belgilangan (GOST 23.002-78): 
Mexanik, Korrozion-mexanik va elektr toki ta‘sirida yeyilishlar. O’z navbatida har 
bir yeyilish bir necha ko’rinishga ega. 
Mexanik yeyilish mexanik ta‘sirlar natijasida sodir bo’lib, u abraziv, 
gidroabraziv (gazoabraziv), erozoin, gidroerozion (gazoerozion), kavitatsion, freting, 
tolikib va qadalib yeyishlarga ajratiladi. 
Korrozion – mexanik yeyilish mexanik ta‘sir hamda material bilan muhit 
orasida ximiyaviy yoki elektroximiyaviy o’zaro ta‘sirlanishi tufayli sodir bo’ladi. Bu 
yeyilish oksidlanib va freting-korroziyadagi yeyilishga ajratiladi. 
Elektr toki ta‘sirida yeyilish elektro-errozion yeyilish deb ataladi. U sirtdan 
elektr toki o’tganda razryadlar ta‘siri natijasida sodir bo’ladi. Elektr generatorlarining 
kollektorlari, qo’zg’aluvchan elektr kontaktlar va boshqa sirtlar ana shu turdagi 
yeyilishga moyil bo’ladi.
Yeyilish turlarining klassifikatsiyalari A.K.Zaytsev, B.I.Kostetskiy, M.M, 
Xrushchov, I.V.Kragelskiy va boshqa olimlar tomonidan taklif etgan. Shulardan prof. 
B.I.Kostyoskiy va prof. M.M.Xrushchov taklif etganlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. 
B.I.Kostyoskiy taklifiga ko’ra yeyilish ilashib qolish natijasida yeyilish
oksidlab yeyilish, issiqlik ta‘sirida yeyilish, abrazivdan yeyilish va chechaksimon 
yeyilishga bo’linadi. 
Ilashib yeyilish moy va oksid pardasi bo’lmaganda po’lat yuzalar kichik (1,0 
m/sek gacha) tezlik bilan ishqalanishida va solishtirma bosim xaqiqiy kontakt 
bo’lgan joylarda detalning oquvchanlik chegarasidan oshib ketgan hollarda 
kuzatiladi. 
Oksidlanib yeyilishda bir vaqtning o’zida ikki jarayon boradi: ulardan biri 
detallar sirtqi qatlamlarida detal mikroskopik hajmining plastik deformatsiyalanishi 
bo’lsa, ikkinchisi havodagi kislorodning deformatsiyalanuvchi qatlamlarga 
diffuziyalanishidir. 


12 
Issiqlik ta‘sirida yeyilish detallarning katta sirpanish tezliklarida va katta 
solishtirma bosimlarda ishqalanishi natijasida hosil bo’ladigan issiqlik natijasida
sodir bo’ladi. Ajralib chiqayotgan ko’p miqdordagi issiqlik detalning ichki 
qatlamiga o’tishga ulgurolmaydi, natijada detallarning sirtqi qatlamlari juda qizib 
ketadi.
Yuqori harorat detallarning sirtqi qatlamlarida termik ishlanishi, qayta 
kristallanishi, yumshashi, toblanashi va hatto qotishma hosil bo’lishiga olib keladi. 
Abraziv yeyilishda mikroplastik deformatsiyalar bo’ladi va ishqalanuvchi 
detallar yuza qatlamlarini ishqalanayotgan yuzalar orasidagi qattiq abraziv 
zarrachalar qirqib yuboradi. Atrof-muhitdan tushgan yoki boshqa turdagi yeyilish 
mahsulotlaridan hosil bo’lgan abraziv zarrachalar ko’pincha o’zining qattiqligi 
jixatidan ishqalanuvchi detallar qattiqligidan yuqori bo’ladi va kesuvchi asbobga 
o’xshab ta‘sir ko’rsatadi. 
Chechaksimon yeyilish dumalab ishqalanishda sodir bo’ladi va dumalanish 
podshipniklarining ish sirtlarida, shesternyalarning tishlarida juda yaqqol namoyon 
bo’ladi. Dumalab ishqalanishda detalning oquvchanlik chegarasidan ortib ketadigan 
takroriy-o’zgaruvchan yuklanishlar ta‘sirida toliqish hodisalari ro’y beradi, buning 
natijasida detalning sirtqi qatlamlari yemiriladi. Yemirilish detal sirtida paydo 
bo’lgan mikroskopik darzlardan boshlanib, detallar ishlayvergan sari bu darzlar 
yakka-yakka va guruhiy cho’qurchalar va uyiqlarga aylanadi. 
M.M.Xrushchovning taklifiga ko’ra, detallarning yeyilish turlari uch guruhga 
bo’linadi: Mexanik, molekulyar-mexanik va korrozion-mexanik yeyilishlar. 
Mexanik yeyilishlarda ishqalanuvchi detallar sirtlarida sof Mexanik hodisalar: 
detal ashyosining qirqilishi, zarralarning sinib ajralishi, deformatsiyalanishi va 
boshqalar yuz beradi.
Molekulyar– mexanik yeyilishlar ishqalanuvchi sirtlarning ayrim qismlarida 
ashelarning (materialning) ilashib (yopishib) qolishi, keyin bu joylarda detalning 
yemirilishi xodisasi bilan bog’liqdir. 
Korrozion – mexanik yeyilishlarda ishqalanuvchi sirtlarda oksid pardalari, 
kimyoviy birikmalar hosil bo’ladi, keyin bu birikmalar mexanik tarzda yemiriladi. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, amalda yeyilishning har xil turlari bor vaqtda sodir 
bo’lishi mumkin, ularning har biri o’ziga xos natijani beradi.
Ammo har qanday konkert detal uchun faqat bir tur asosiy yeyilish bo’lib, 
qolganlari ikkinchi darajali (asosiymas) yeyilishdir. 
Mashina detallarining yeyilishini oldini olish maqsadida, ularning ishqalanuvchi 
sirtlari qattiqligini oshirishning ta’minlash, sirtni toblash, qattiq materiallarni eritib 
qoplash, galvanik qoplamalar qoplash kabi juda ko’plab usullari ishlab chiqilgan. Bu 
usullar amaliyotda keng qo’llanib, ishqalanuvchi detallarning ishonchliligi va 
chidamliligini oshirish imkonini bermoqda. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling