Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Mashinalar ishlamay qolishlarining klassifikatsiyasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
3.3. Mashinalar ishlamay qolishlarining klassifikatsiyasi
Qishloq xo’jalik texnikalari ishlatish davrida, turli xil omillar ta‘sirida tez-tez ishlamay qoladi. Ishlamay qolish – ob‘yektning ishlash qobiliyati buzilishidan iborat bo’lgan xodisa. Davlat standarti bo’yicha ishlamay qolishlarni quyidagicha klassifiqatsiyalash tavsiya etiladi. 1) Ishlamay qolishlar paydo bo’lish tarziga ko’ra: asta-sekin, to’satdan, o’z- o’zidan bartaraf bo’ladigan, turg’un va boshqa ishlamay qolishlarga ajratiladi. - asta-sekin ishlamay qolish ob‘yekt parametrlarining uzoq vaqt davomida asta- sekin o’zgarib borishi natijasida paydo bo’ladi. Bunga asosan detallarni tabiiy yeyilishi sabab bo’ladi. Shu bois, ularni oldindan to’g’ri bashorat qilish mumkin; - to’satdan ishlamay qolish kutilmaganda, bir zumda (masalan, buyumning ichida yoki tashqarisida ta‘sir qiluvchi yuklanishlarning to’satdan ko’payib ketishi natijasida) yuz beradi; - o’z-o’zidan bartaraf bo’ladigan ishlamay qolishlar birorta shaxsning aralashuvisiz bartaraf bo’ladi (masalan, suv tushishi natijasida tormozlarning ishlamay qolishi, yonilg’i naychalarining vaqtincha tiqilib qolishi); - turg’un ishlamay qolishlar xizmat ko’rsatuvchilar aralashganidan keyin bartaraf bo’ladi. 2) O’zaro bog’liq va bog’liq bo’lmagan ishlamay qolishlar ham bo’ladi: - bog’liq bo’lgan ishlamay qolishlar boshqa elementlar ishlamay qolishi tufayli ro’y beradigan ishlamay qolishlardir. Masalan, klapanning sinishi bo’tun dvigatelning ishlamay qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Oqibatlariga ko’ra ishlamay qolishlar xavfli va xavfsiz ishlamay qolishlarga bo’linadi: Ishlamay qolishlar ko’rinuvchanligi (tez ko’zga tashlanishiga) ko’ra yaqqol va yashirin ishlamay qolishlar ham bo’ladi. Resurs bo’yicha ishlamay qolish natijasida ob‘yekt oxirgi holatga keladi. Shuningdek, ishlamay qolishlarni muntazam, to’liq va qisman ishlamay qolishlarga ajratish ham qabul qilingan. Muntazam ishlamay qolish deganda ko’p marta takrorlanadigan ishlamay qolish tushuniladi. Bunday ishlamay qolishlar, odatda loyihalashdagi kamchiliklar tufayli sodir bo’ladi. 20 Qisman (texnologik) ishlamay qolish ob‘yekt (mashina) ni tayyorlashda texnologik jarayolarini buzilishi natijasida sodir bo’ladi va bunda ob‘yektdan o’z vazifasi bo’yicha kamroq samara bilan foydalanish mumkin bo’ladi. To’liq (ekspluatsion) ishlamay qolish odatdagi sharoitda texnikalardan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda yuz beradi. Masalan, texnik xizmat ko’rsatish qoidalariga rioya qilmaslik, mashinalardan noto’g’ri foydalanish, sifatsiz yonilg’i-moylash materiallarini ishlatish va boshqalar natijasida yuz berishi mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling