Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

Tirsakli vallarni tiklash. Xozirgi vaqtda tirsakli vallarni 70…75% qayta 
jilvirlash bilan remont o’lchamiga keltirib tiklanadi, 20…25% vallar sirtig’a 
apit 
suyuqlantirib qoplanadi va nominal o’lcham keltirilib tiklanadi. 
Tirsakli vallarni resursi ikkita omil bo’yicha aniqlanishi mumkin: 1) yeyilishga 
chidamligiga qarab: 2) charchash yo’qlanishiga karshiligiga qarab aniqlanadi. 
«Bo’yin – vkladish» tutashmasida chegaraviy zazor (oraliq) holatiga kadar 
yeyilishlar xosil bo’lgan bo’lsa, tirsakli vallar remont o’lchamiga qayta jilvirlash
bilan tiklanadi. Dvigatellarni markasiga qarab tirsakli vallarni 4…8 ta gacha remont 
o’lchami bo’lib, ular 0,25 mm interval bilan bir-biridan fark qiladi. Traktor 
dvigatellari tirsakli vallarni xizmat muddatini o’zaytirish maksadida, qo’shimcha 
remont o’lchamlari (0,25 mm oraliq bilan) kiritilgan. Ular D1, D2, D3 va xakozo 
harflar bilan belgilanadi. 
Tirsakli vallarni asosiy nuqsonlari: ularni egilishi, shesternya va val shkivi 
o’rnatiladigan joylar hamda shponkalar arikchalari, shuningdek, val toretsidagi 


62 
podshipnik o’rnatiladigan joylarning yeyilishi, rezbalarni yeyilishi va shikastlanishi, 
val bo’yinlarining apital
va o’zunligi bo’yicha yeyilishidan iborat. 
Val bo’yinlarini yeyilishi, ularning asosiy nuqsoni xisoblanadi. Yeyilish 
natijasida bo’yinlar konussimon, ovalsimon va ellipsimon shaklga keladi. 
Tirsakli vallarni remont qilishda bajariladigan asosiy operatsiya o’zak va shatun 
bo’yinlarini remont o’lchamiga jilvirlashdan iborat. 
Tirsakli val bo’yinlari 3A423 yoki 3420 tipdagi jilvirlash stanoklarida 
jilvirlanadi. 
Abraziv charxtosh jilvirlashdan oldin muvozanatlanadi, olmos kalam bilan 
to’g’rilanadi va qirralari yumaloklanadi. 
Jilvirlashda valning egilishigi oldini olish uchun lyunetdan foydalanadi. Avval 
o’zak bo’yin keyin shatun bo’yinlar jilvirlanadi. 
Jilvirlash rejimi quyidagicha bo’ladi: 
Charxtoshning aylanish tezligi, m/sek……..25…35. 
Valning aylanish tezligi,m/min 
-o’zak bo’yinlar uchun……….18…25 
-shatun bo’yinlar uchun………7..12 
Ko’ndalang (cho’qurlik bo’yicha) so’rish, mm/ayl 
-xomaki jilvirlashda……….0,02…0,03 
-tozalab jilvirlashda………..0,03…0,05 
Buylama surish, mm/ayl……….7…11 
Valning o’zak bo’yinlari uni stanokning ko’zgalmas markazlariga urnatib 
jilvirlanadi. Val bu vaqtda oldingi babkaning povodokli patronidan aylanma harakat 
oladi. 
Shatun bo’yinlarini jilvirlashda chetki o’zak bo’yinlar jilvirlash stanogining 
markaz siljitkich patroniga urnatib jilvirlanadi. 
Markaz-siljitkichlar valni krivoship radiusi kattaligi kadar siljitishga va shatun 
bo’yinlarini jilvirlash uchun ularni stanok shpindelining o’qiga o’rnatishga ikon 
beradi. 
Jilvirlashdan keyin krivoshipning radiusi nazorat plitada tekshiriladi. Bir 
nomdagi, ya‘ni Hamma shatun bo’yinlar ( yoki o’zak bo’yinlar) bitta remont 
o’lchamiga keltirib jilvirlanadi. 
Tirsakli valning Hamma bo’yinlari jilvirlangandan keyin jilolanishi lozim. 3…5 
minut davomida olmos yoki abraziv lenta bilan jilolangan bo’yinlarning g’adir-
budurligi kamida 9 klass bo’lishi lozim. 
Avtotraktor dvigatellarning tirsakli vallarining bo’yinlari juda kup yeyilish 
natijasida remont o’lchamlari darajasidan chiqib ketgan bo’lsa, ularga turli usullar 
bilan metallt suyuqlantirib qoplanadi va nominal o’lchamgacha ishlov beriladi. 
Tiklangan va nominal o’lchamgacha ishlov berilgan vallar muvozanatlanadi
polirovka qilinadi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling