Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

11- MA‘RUZA 
Mavzu:
Namunaviy birikmalar, detallarni va dvigatel 
detallarini remont qilish
 
R e j a : 
1.Val va o’qlarni to’g’rilash. 
2.Rezbali birikmalarni remont qilish 
3.Shlitsali va shponkali birikmalarni remont qilish 
4.Dvigatel blok va silindrni remont qilish 
5.Porshen barmoqlari va xalqalarni remont qilish 
6.Shatun va tirsakli vallarni tiklash. 
7.Taqsimlash vallari va klapan uyalarini remont qilish 
Adabiyotlar: [1], [3], [5]. 
Tayanch iboralar: Namunaviy birikma,namunaviy detal, val, o’q, to’g’rilash, 
rezbali birikma, tslitsali va shponkali birikma, dvigatel, blok, silindr, shatun-porshen 
guruxi, taqsimlash vali va klapan uyalari 


58 
11.1. Val va o’qlarni to’g’rilash 
Val va o’qlarning asosiy nuqsonlari: sirtlarining yeyilishi, podshipniklar 
o’rnatilgan joylarining yeyilishi, bo’g’ilishi, buralishi, rezbalarini, shponka va shlitsli 
joylarini yeyilishlari. 
Val va o’qlarni nuqsonlariga qarab, turli xil texnologik uslublar yordamida 
tiklanishi mumkin. 
Bu o’qilishni prizmalarda, maxsus moslama markazlarida yoki tokarlik stanogi 
markazlarida indikatorlardan foydalanib tekshiriladi. 
Vallar issiqlayin yoki sovuq xolda to’g’rilanadi. Presslarda yoki maxsus 
moslamalarda sovuq xolda to’g’rilash eng qulay va arzon usuldir. 
Vallarning yoyilgan o’tkazish (posadka) joylari eritib quyish (flyus qatlami 
ostida, tebranmay usulida va boshqalar), galvanik qoplamalar, metallash, 
elektroMexanik ishlov berish bilan shuningdek, polimer qoplamalari yordamida 
tiklanadi. 
11.2. Shlitsali va shponkali birikmalarni remont qilish 
 
50 mm dan kichik diametrli vallarning shlitsli ariqchalari payvandlanib, 
nominal o’lchamli shlitslar qirqiladi. Ariqchalarni dastaki yoki vibroyoy vositasida 
suyuqlantirib qoplab payvandlashda vallar tob tashlamasligi uchun valiklar shlitslar 
bo’ylab diametral qarama-qarshi tomondan galma-galdan shlitsli ariqchalarga 
quyiladi. E-42 va E-46A – elektrodlar qo’l da, vibroyoy yordamida Np-30 simi va 
sovitish suyuqligi ishlatiladi. 
Po’lat flanetslar, cho’pchaklar va boshqa detallardagi yoyilgan shlitslar siqib 
tiklanadi. Detal boglanish tempratursigacha qizdiriladi, vtulka teshigiga shlitsli sovuq 
val kirgiziladi va keyin maxsus puanson hamda matritsa yordamida to’qmok ostida 
siqiladi. So’ngra detalga termik ishlov beriladi. 
Chuyan detallardagi ichki shlitslar tiklanmaydi. Ba‘zan, agar detal konstruktsiya
imkon bersa, yoyilgan shlitslar yo’naladi va teshikka yangi yasalgan vtulka presslab 
kirgiziladi. Yo’nib kengaytirilgan teshik deametri 0,5...1,5 mm shtiftlar yordamida 
mahkamlanadi. 
Eng katta o’lchamgacha yoyilgan shponkalar tiklanmaydi. Shponka ariqchalari 
frezalanadi, katta o’lchamli yangi shponkalar quyiladi.
Ko’p yoyilgan shponka ariqchalari butunlay payvandlanib, yangi joyda 
nominal o’lchamli ariqcha qirqiladi, (faqat ayrim xollarda). 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling