Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Yerga ishlov beruvchi mashinalarning ishchi organlarini tiklash


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 
12.3. Yerga ishlov beruvchi mashinalarning ishchi organlarini tiklash. 
 
Qishloq xo’jalik mashinalari uta murakkab changlanishi sharoitda ishlagani 
sababli, ularning ishchi organlari traktor va avtomobillarning detallariga nisbatan 
ko’proq darajada obraziv yeyilishiga uchraydi.
Lemexlarni remonti. Lemexlar L-65 yoki L-53 markali po’latdan tayyorlanib, 
tig’idan 20…45 mm kenglikda toblangan qismi 444….650 NV qattiqlikkacha termik 
ishlov beriladi.
Lemexlarning asosiy nuqsonlari: tig’ining o’tmaslashishi, eni bo’yicha yeyilishi, 
sirtning egilishi tob tashlashi, tig’ning uvalanishi. Yangi lemexning birinchi marta 
Cho’zishgacha eni bo’ylab ko’pi bilan 108 mm yeyilishiga yo’l qo’yiladi.
Lemex tig’i O’tmaslanganda uning ishlaydigan tomoni kengligi 5…7 mm li 
faska yasab 25-40
o
burchak ostida kamida 1 mm qalinlikkacha charxlanadi. Eni 
bo’yicha yeyilgan lemex cho’zib tiklanadi. Uni 800…1200 
o
S gacha qizdiriladi va 
maxsus moslamada pnevmatik bolg’a (PM-50 yoki PM-75) bilan cho’ziladi. 
Cho’zish uchidan boshlanadi, bunda metall lemexning butun buyi va eni bo’yicha
cho’ziladi. Cho’zilgandan keyin lemexlar old tomonidan charxlanadi va tig’i bo’ylab 
uning eni 20…45 mm kenglikda 820 
o
S haroratgacha issiq ishlov beriladi va 30-40 
o
S gacha isitilgan suvga solib toblanadi.
Toblash vannasiga lemex orqa tomonini pastga qaratib tushiriladi, bu tadbir 
tig’da g’adir-budirlik va yoriq paydo bo’lishning oldini oladi. Cho’zilish sifati
maxsus tayyorlangan andoza bilan tekshiriladi. 
Lemex tig’ining yeyilishga chidamliligini oshirish uchun uning orqa tomoniga 
qattiq qotishma suyuqlantirib qoplanib, o’z-o’zidan charxlanadi. (1-rasm) 


68 
1-rasm. Lemexlarni tiklash sxemasi : 
a-o’zi charxlanadigan lemex; b-yig’ma,payvand lemex; 
1-polosa, 2-elka, 3-tumshuq. 
 
Qotishmani suyuqlantirib qoplashdan oldin lemex tig’i tomondan 25..30 
mm,ponasimon lemex tumshug’i esa 55…65 mm kenglikdagi qismi cho’ziladi. 
Suyuqlantirib qoplangan qatlam qalinligi 1,4…2,0 mm bo’lishi kerak. Suyuqlantirib 
qoplashning quyidagi usullari qo’l lanilishi mumkin: yeyilishga chidamli sormayt N1 
qattiq qotishmani yuqori chastotali tok (YuCHT) qurilmasida suyuqlantirib qoplash, 
sormayt N1 dan yasalgan 6 mm li chiqiqni atsetilen-kislorod alangasida suyuqlantirib 
qoplash; yuqori sifatli qoplamli (T-590 markali) elektrodlarni suyuqlantirib qoplash 
mumkin. Qattiq qotishma suyuqlantirib qoplangandan keyin lemex charxlanadi. 
Bunday lemexlar qumli va toshli tuproklardan tashkari Hamma yerlarda ishlatilishi 
mumkin. Yeyilib va bir necha marta cho’zilib, 92 mm dan ensiz bo’lib qolgan
lemexlarni ularga polosa va tumshuq payvandlab, So’ngra uni ham o’zi 
charxlanadigan qilib tiklanadi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling