Kichraygan o’lchamga moslab tiklash. Val va o’qlardagi yoyilgan rezba
yunilib, kichik diametrli yangi rezba qirqiladi va shunga moslab yangi gayka
yasaladi. O’zaro o’zgaruvchanlik bo’ziladi. Diametr kichrayishi bilan rezbaning
mustaxkamligi kamayadi. Shu sababli, bu usulni bir marta (tiklash) qo’llash mumkin.
Suyuqlantirib qoplab tiklash. Val (o’q) dagi rezbalarni tiklash mumkin. (40
mm dan kichik detallarni) Nn-30 simi bilan vibro yoy usuli bilan qoplash. 40 mm
dan ortiqdiametrli vallarni flyus qatlami (bilan) ostida suyuq qoplab, nominal
o’lchamda rezba ochiladi.
10.4. Detallarni kavsharlab tiklash.
Kavsharlash deb qattiq holatdagi metallarni oson suyuqlanuvchan yordamchi
(oraliq) metall (yoki qotishma) vositasida biriktirish jarayoniga aytiladi.
Kavsharlash ikki xil bo’ladi: yumshoq kavshar bilan kavsharlash va qattiq
kavshar bilan kavsharlash.
Yumshoq kavshar yordamida hosil qilingan chok katta yo’qlanishlarga chiday
olmaydi, shu sababli, asosan katta kuchlanishlar ta‘sir etmaydigan detallarni zich
biriktirish uchun qo’llaniladi. Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlashda suyuqlanish
harorat i past (450S
o
va undan kam) va birikmaning Mexanik mustahkamligi 200
Mpa gacha bo’ladi. Remont ishlarida POS-18, POS-40 va POS-61 kabi qalay-
qo’rg’oshin kavsharlari ko’p ishlatiladi. Kavshar markasidagi raqamlar qotishmadagi
qalay miqdorini foizlarda ko’rsatadi. Yumshoq kavsharlar radiatorlarni, yonilg’i
naychalarini, elektr jixozlarni (simlarni) kavsharlashda ishlatiladi.
Qattiq kavsharlarning suyuqlanish harorat i 450S
o
dan yuqori, xosil qiladigan
birikmaning Mexanik mustaxkamligi 500 Mpa gacha bo’ladi.
PMTs-48, PMTs-54, L62 mis-rux kavsharlar rangli va qora metallardan
tayyorlangan detallarni kavsharlashda ishlatiladi. Markadagi raqamlar misning
kavshar tarkibidagi foizi miqdorini, qolgani rux ekanligini bildiradi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |