10.5 Detallarni tiklashning maqbul usulini tanlash
Bundan oldingi mavzularda detallarning ishlash imkoniyati tiklashning bir
necha usullari bayon etildi. Bayon etilganlardan ma‘lumki, aynan bir detalni
tiklashda turli usullaradn foydalanish mumkin, ammo bu usullarning hammasi ham
bir xilda ratsional (maqbul) bo’la olmaydi, faqat bittasi eng ratsional usul bo’lishi
mumkin.
Detallarni tiklashning maqbul usuli deb, tiklangan detallning mumkin qadar
uzoq vaqt ga chidamliligini va tiklash narxining eng minimal bo’lishini
ta‘minlaydigan usulga aytiladi.
Tiklash usulini tanlashda: detallarning konstro’qtsion xususiyatlarini, uning
uzelda ishlash sharoitini, yoyilganlik darajasini, detal materialining to’zilishi va
termik ishlov berilganligini, tiklangan detalning yeyilishga chidamligini va tiklash
harajatlarini xisobga olish lozim. Bu omillarning hammasini xisobga olish juda qiyin.
Ammo, detallarni ishlash imkoniyatini tiklashning ratsional usulini tanlashning
quyidagi to’rtta mezoni tavsiya etiladi.
1) Texnologik mezoni.
Aniq
bir detalni tiklashda usullarning
qo’llanuvchanligini
aniqlash imkonini beruvchi mezon texnologik yoki
qo’llanuvchanlik mezoni deb ataladi. Bu mezon yordamida ma‘lum detalni tiklashda
qo’llanishi mumkin bo’lgan burcha usullarni tanlash imkoni bor, lekin ulardan
qaysisi yaxshi usulligini aytib bo’lmaydi.
2) Uzoq xizmat qilish (chidamlilik) mezoni. Bunda tiklangan va yangi
detallar oxirgi holatgacha ishlash muddatlarini taqqoslab baholanadi, ya‘ni detalni
tiklash yoki yaroqsizga chiqarish zarurati aniqlanadi. Bu mezon uzoq xizmat qilish
koeffitsienti bilan tavsiflanadi.
3) Iqtisodiy mezoni detallarning ishlash imkoniyatini ayni bir usul bilan
tiklashga ketadigan harajatlar bilan tavsiflanadi va quyidagi formuladan topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |