Bekmirzayev Shohruhbek Olimjon o’g’li


O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy nofaol aholining tarkibi


Download 90.5 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi90.5 Kb.
#232457
1   2   3
Bog'liq
1- maqola.(B.SH.O)

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy nofaol aholining tarkibi,

ming kishi*




Ko’rsatkichlar

Yili

2017-yildan 2012-yilga nisbatan o’zgarishi,%

2012

2013

2014

2015

2016

2017

1


Jami iqtisodiy nofaollar soni

4714,2

4651,1

4542,6

4508,4

4466,5

4309,0

91,4

2

Shundan:






















3

Ishlab chiqarishdan ajiralgan holda o’qiyotgan hamda ish haqi va mehnat daromadiga ega bo’lmagan o’quvchilar va talabalar

1904,3

1836,3

1797,7

1807,9










4

Uy bekalari va bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigon ayollar

1463,1

1520,8

1588,5

1541,0










5

Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo’lmagan shaxslar, shuningdek ko’char va ko’chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar

1346,8

1294,0

1213,2

1160,5










*Jadval O’zbekiston davlat Respublikasi Mehnat vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi deb yuritiladi) uchun 2018 yilda Respublika byudjetiga qo‘shimcha tushumlar hisobiga 150 milliard so‘m ajratiladi, 2019 yildan boshlab esa byudjet parametrlarida 300 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar ajratish nazarda tutiladi.

Bandlikka ko’maklashish markazlariga ish izlab murojaat qilganlar, mehnat resurslarining o’sishi, ishdan bo’shaganlar joriy vaqtdagi mehnat bozoridagi taklifni hosil qiluvchilar hisoblanadilar. Bunday fuqarolardantashqari, ishlab chiqarishda band bo’lmagan o’smirlar, bandlikka ko’maklashish markazlariga murojaat qilmagan mehnat resurslari

2019 yilda Bandlik dasturi prognoz parametrlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan, quyidagilarga:

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari – sanoat, xizmat va qishloq xo‘jaligidagi yirik loyihalarni amalga oshirish uchun;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obektlardan samarali foydalanish bo‘yicha idoralararo komissiyalari – bo‘sh turgan, qurilishi tugallanmagan obektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish uchun;

Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta'lim vazirligi – davlat-xususiy sherikchilik asosida ijtimoiy soha obektlarini ishga tushirish;

“Hunarmand” uyushmasi – milliy hunarmandchilikni rivojlantirish;

Markaziy bank, tijorat banklari rahbarlariga – kreditlash orqali aholi bandligini oshirish;

Takidlash joizki, aholi, mehnat resurslari va iqtisodiy faol aholi tarkibida ayollar ulushi biroz yuqori bo’lsa, iqtisodiy nofaol aholi tarkibida ayollarning ulushi juda yuqori hisoblnadi. O’zbekistonda ayollarning ijtimoiy mehnatga jalb qilinishi v jamiytning faol aholisi tarkibiga qo’shilishi o’ziga xos xususiyatga ega. Ma’lumki, ayolarning ish biln bandligi erkaklar bandligidan ikkita asosiy jihati bilan farqlanadi. Avvalambor, ayollar nafaqat ishlovchi, balki ona, uy bekasi, kelajak avlod tariyachisidir. Ikkinchidan, ko’pchilik ayollar erkaklarga nisbatan kam miqdorda haq to’lanadigan ishga jalb qilinganlar, shuningdek, ularning asosiy mehnat faoliyati haq to’lanmaydigan shakildadir.

Shuni aholida takidlab o’tish lozimki, mehnatga band ayollarning katta qismi uchun ish, nafaqat zaruriyat, balki ehtiyoj hamdir. Ish bilan bandlik ayollarni (ayniqsa uy bekalarni) bir tusdagi faoliyat (kundalik uy-xo’jalik yumushlari)dan daromad va moddiy manfaat keltiradigan iqtisodiy faoliyatga o’tishlariga sabab bo’ladi.

Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Bizning onalarimiz, opa-singillarimiz, ayol va qizlarimizning jamiyatdagi o’rni va maqomini oshirish, ularning mehnat va turmush tarzini yengillashtirish davlatimizning asosiy va ustuvor vazifalaridan biri bo’lib qolshi kerak” – degan so’zlarini keltirish joizdir.

Kiyengi yilerda ayollarning bandlikka ko’maklashish markazlariga murojat qilishlari ortganligini respublikadagi ayollarni ish bilan ta’minlash dasturi bo’yicha samarali tadbirlarni (ayollar uchun bo’sh ish o’rinlari yaratilishga ko’maklashish, jamoat ishlari tashkil etish, kasbga tayyorlash ishlari yo’lga qo’yilishi, mehnat yarmarkalari uyushtirish va boshqalar) tashkil etish natijasi deyish mumkin.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, mehnatdan band ayollarning katta qismi uchun ish, nafaqat zaruriyat, balki ahtiyoj hamdir. Ish bilan bandlik ayollarni ayniqsa magan shaxslarning mehnat layoqatidan foydalanish mamlakatimiz mehnat qonunchiligida ko’rsatib berilgan. Xususan, Mehnat kodeksini ng 239-moddasidan o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlari, 242-moddasida o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar uchun qisqartirilgan ish vaqtining muddati va h.k kafolatlar keltirilgan.

Barcha mamlakatlarda mehnat layoqatiga ega iqtisodiy nofaol aholi sonini qisqartirish asosiy masala hisoblanadi. Bu quydagi bir qator ijobiy iqtisodiy oqibatlari bilan bog’liq:

-mamlakatda ish bilan bandlar miqdori o’sishi natijasida yalpi ichki mahsulotning o’sishi natijasida yalpi ichki mahsulotning o’sishi, aholi turmush darajasi yuksalishi kuzatiladi;

-ish bilan band aholining yuklama ko’rsatkichini kamaytiradi;

-aholining iqtisodiy faolashuvi hukumat va ko’plab ijtimoiy tashkilotlarning, ayrim shaxslarning iqtisodiy nofaol aholiga qilinadigan xarajatlarini kamaytiradi;

-mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanatlashuvi, ish beruvchilarning xodimlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishda aholining iqtisodiy faolligini oshishi muhim hisoblanadi.

Bizni fikrimizcha, iqtisodiy nofaol aholi sonini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

1.iqtisodiy nofaol aholi tarkibida yuqori ulishni tashkil qiladigan ayollarni uy-ro’zg’or yumushlaridan ajiratib, ishlab chiqarishga jalib qilish lozim. Bu tadbirlarbi uy yo’nalishida olib boorish zarur:

-mamlakatimizda ayollarning mehnat bozoriga qtnashuvi erkaklarga nisbatan sust bo’lib, bu esa milliy xususiyat, ya’ni ayollarning ko’proq uy-ro’zg’or ishlariga, farzand tarbiyasiga mashg’ul bo’lishlari bilan izohlanadi. Respublikada qishloq va shahar ayollari uchun yuqori ish haqi to’lanadigan ish o’rinlarini yaratish orqali erkaklar va ayollaning rasmiy ish bilan bandlikdagi ulushini tenglashtirish lozim;

-rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, qishloq va shahar joylarida aholi daromadiga mos, qisqa vaqtda mazali ovqat tayyorlash mumkin bo’lgan masalliqlar yoki tayyor ovqatlar tayyorlash va ularni iste’molchilarga yetkazish tadbirlaridan tashkil qilish lozim;

-ayollarning ko’pchiligi bola tarbyasi bilan band bo’lishini hisobga olish, ko’plab hukumat va xususiy bolalar bog’chasi tashkil qilish va ularning faoliyatini rivojlantirish tadbirlari hisoblanadi. Ayniqsa, qishloq joylarida tashkl qilingan bolalar bog’chalariga soliq va majburiy to’lovlardan yengilliklar berish hamda faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozlari kreditlar ajiratish ijobiy samara beradi. Bunday muassasalar faoliyatini moliylashtirishda xalqaro grantlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, respublika va mahalliy byudjet hamda homiylar mablag’laridan foydalanib, har bir bola uchun ota-ona tomonidan to’lov miqdorini kamaytirish zarur.

2. Mustaqil ish izlayotgan fuqarolarni imkon qadar bandlikka ko’maklashish va aholni ijtimoiy muhofaza qilish markazlari xizmatlaridan foydalanishlariga jabl qilish, buning uchun esa mehnat bozoriga xizmat ko’rsatadigan muassasalar faoliyatini rivojlatirish, mahalliy boshqaruv organlari bilan mehnat muassasalarining hamkorlikdagi faoliyatlarini tashkil qilish zarur.

3. Yashirin iqtisodiyotga band bo’lgan xodimlarni rasmiy ish bilan bandlikka o’tkazish tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Buning uchun, norasmiy qonunan taqiqlanmagan mahulot ishlab chiqarayotgan yoki xizmat ko’rsatadigan yakka tadbirkorlarni o’zlari to’laydigan soliq hisobidan pensiya jamg’armasiga to’lov amalgam oshirib, ular faoliyatlari mehnat daftarchalarida qayd qilinishi lozim. Norasmiy tarzda, og’zaki kelishuv asosida ishlaydigan yollanma ishchilar faoliyatini rasmiy ish bilan bandlikka o’tkazish uchun ish beruvchi va yollanma ishchi o’rtasida tuziladigan kelishuv yozma shakilda mehnat muassasalari xodimlari ishtirokida tuzilishi kerak. Bunda, bir martalik ishga joylashtirish tadbirlari yaxshi yo’lga qo’yilishi lozim. Asta-sekinlik bilan ish beruvchi bilan ishchi o’rtasida norasmiy kelishuv aosidagi ishlarni kamytirish, bunday ishlarni amalgam oshirayotgan ish beruvchi va xodimlarni javobgarlikka tortish ishlarini yo’lga qo’yish zarur. Bu tadbirlar bir martalik norasmiy ishlarni bajarishda xodim va ish beruvchi o’rtasidagi turli nizolarni kamaytiradi.

Xulosa qilib aytganda, mehnat qilish yoshidagi mehnatga layoqatli iqtisodiy nofaol aholini ish bilan band qilish bo’yicha ishlab chiqilgan tadbirlarni ijtimoiy hayotda joriy qilish joriy mehnat bozoridagi taklifni yanada oshirishga yodam beradi.
Adabiyotlar ro’yxati
1.Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning O’zekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tadbir so’zi // Halq so’zi. 2014-yil 1-sentyabr. №169 (6099).

2.http://www.stat.uz/statinfo/demografisheskie-dannye.

3.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-maydagi “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholini hisobga olish metodekasini takomillashtirish to’g’risida”gi 106-sonli qarori // “O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami”, 2007-yil, 21-son, 216-modda.

5.O’bekistonda ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasi. Statistik to’plam.-Toshkent, 2015.-103-b.

6.O’zbekiston aholisi. Statistik to’plam.-Toshkent, 2014.-97-100-betlar.

7.Karimov I A O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va barqarorlik kafolatlari.-T.: O’zbekiston, 1997, 244-b.



8.O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodekisi(2011- yil 1-iyulgacha bo’lgan o’zgartirish va qo’shimchalar bilan) Rasmiy nashr – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.-T.:Adolat, 2011.-113-115-betlar
Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling