Bekmurodov Jasurbekning “Oʻzbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi mavzusida yozgan”
Tashqi iqtisodiy faoliyat nima va bugungi kundagi ahamiyati
Download 9.28 Kb.
|
Bekmurodov Jasurbekning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi.
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat nima va bugungi kundagi ahamiyati.Xalqaro savdoga zamonaviy qarashlar oʻz ichiga bir nechta nazariyani oladi.Adam Smit allaqachon ta’riflab bergan mutlaq ustunlik nazariyasidan (1776 yil) boshlanadi. U har bir mamlakatda boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha kam chiqimlar bilan tovarlar va xizmatlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga imkon beradigan mutlaq ustunlik mavjudligini isbotlab berdi (bunday ustunlik tabiiy tusda boʻlishi yoki iqtisodiy rivojlanish jarayonida egallanishi mumkin). D.Rikardoning «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» (1817 yil) kitobida taklif qilingan qiyosiy ustunlik nazariyasiga koʻra mutlaq ustunliklarga ega boʻlmagan mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda olishlari mumkin. Xeksher-Olinning savdo nazariyasi sifatnda mashhur boʻlgan nazariya birinchi oʻringa ishlab chiqarish chiqimlarini emas, balki qanday resurslar ana shu chiqimlarga kirishini qoʻyadi, chunki mamlakatlar chiqimlarida ularda ortiqcha mavjud boʻlgan resurslardan foydalanilgan tovarlarni eksport qilishga intiladilar. Ushbu nazariyalar uchun amerikalik mashhur iqtisodchi Vasiliy Leontyev taklif etgan muayyan tuzatishlar zarur. U ishlab chiqarish omillarining bir xilda emasligini qayd etdi, bu omillarni taqchil yoki moʻl-koʻl omillar sifatida koʻrib chiqish mumkin. 2. Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi.Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati jahon xoʻjaligining faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻlangan va muqarrar ravishda nafaqat milliy huquqiy me’yorlar, balki xalqaro huquq standartlari bilan ham tartibga solinadi. Tabiiyki, milliy huquq reglamentatsiyalari bilan xalqaro iqtisodiy huquq oʻrtasida muayyan ziddiyatlar mavjud. Bir tomondan, davlatlarning huquq sohasidagi suverenitetini e’tirof etmaslik mumkin emas, boshqa tomondan esa — xalqaro qoidalar ustuvorligini tan olish zarurati u yoki bu mamlakatlar suvereniteti sohasiga kattagina cheklovchi ta’sir koʻrsatadi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy boshharish strategiyasining oʻziga xosliklarini hamda ham mintaqaviy miqyosda, ham alohida mamlakatlar darajasida savdo-iqtisodiy hamkorligining tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi. 1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasida «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi yangi Qonun amalga kiritildi, u iqtisodiy rivojlanishning oʻzgarib borayotgan sharoitlariga javob beradi, jahon hamjamiyatida chet ellik investorlar va chet el investitsiyalariga nisbatan qabul qilingan barcha talablar va qoidalarni e’tiborga oladi. 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Download 9.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling