Beknazarova zamira bahriddinovna bitiruv malakaviy ishi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- Rasm. Mollarning oziqlanish payti.
26
Oziqlar
– ximiyaviy yelementlardan tashkil topgan to’yimli moddalardir. Tarkibidagi ximiyaviy yelementlarning nisbatiga qarab to ’yimli moddalarning xususiyatlari ham turlicha bo ’ladi. Xuddi shunga asoslanib ularning sifati va to ’yimlilik darajasi belgilanadi. Oziqlar orqali organizmga tushgan to ’yimli moddalar o’sish, rivojlanish, nasl qoldirish va o ’ziga xos mahsulot yetishtirish uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Oziqlar quruq modda va suvdan iborat. Quruq modda azotli va azosiz organik hamda mineral moddalardan tashkil topgan. Azotli birikmalarga protein (oqsil va amidlar), azosiz birikmalarga yesa yog ’lar, kletchatka, kraxmal va qand moddalari kiradi.
Mineral moddalar (natriy, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, fosfor, xlor, temir, mis, rux, marganes, kobalt, yod va boshqalar) oziqlar tarkibida turli xil mineral kislotalar hamda mineral-organik birikmalar holida bo ’ladilar.
Oziqalar deb – hayvonlarning turli to’yimli va mineral moddalarga bo’lgan talabini qondiradigan, ularning sog ’ligi va mahsuloti sifatiga salbiy ta’sir qilmaydigan moddalarga aytiladi.
Oziqa hayvonlarning mahsuldorligini ta ’minlashda, urchish qobiliyatini saqlashda, ularning salomatligini ta ’minlashda katta o’rin tutadi.
Oziqalar hayvonlar mahsuldorligida asosiy o ’rin tutadi, yoki uning 70 % oziqalar nisbatiga to ’g’ri keladi.
Shuning uchun har bir xo ’jalikda mo’l-ko’l yem-xashak bazasini yaratish hayvonlardan yuqori mahsuldorlik garovi hisoblanadi.
O
3500-4000 oziqa birligi tayyorlash, chorva hayvonlarini to ’kis oziqalar bilan 27
tayyorlash, chorva hayvonlarini to ’kis oziqalar bilan ta’minlash imkoniyatini yaratib beradi.
Buning uchun har bir xo ’jalikda yil boshida hayvonlarning oziqalarga bo ’lgan talabini aniqlab, shu asosda oziqa yekinlarini joylashtirish kerak. Oziqa yekinlarini yangi navlarini joriy qilish, ilg ’or texnologiyalardan foydalanish natijasida har gektar yerdan 100-150 s oziqa birligi olish choralarini ko ’rish kerak. O ’zbekistonda sug’oriladigan yerlarning chegaralanganligi oqibatida yem- xashak yekinlari uchun to ’liq maydonlar ajratishning imkoniyati yo’q, shuning uchun ko ’proq oziqalarni oraliq va takroriy yekinlar hisobiga yetishtirsa bo’ladi. Ularning har gektaridan 250-300 s hosil olsa bo ’ladi.
Asosiy xashaki yekinlar bedadan pichan holida 100-150 s., makkajo ’xoridan poya hisobida 300-400 s., lavlagidan 400-500 s. hosil olishni ta ’minlash zarur.
Tayyorlangan oziqalarni o ’z vaqtida yig’ishtirish, tashish, saqlash ularning sifatiga ta ’sir ko’rsatadi, buning uchun har bir oziqani ko’rsatilgan yuriqlar asosida saqlash alohida ahamiyat kasb yetadi. Yem-xashaklarni hayvonlarga yedirishdan oldin tayyorlab berish, ulardan samarali foydalanishning asosiy omilidir.
Barcha oziqalar quruq moddalar va suvdan tashkil topgan. Quruq moddalar va kuldan iborat.
Organik moddalar yesa oqsil, yog ’, kletchatka, AYeMdan tashkil topgan. Bundan tashqari uning tarkibida turli xil vitaminlar mavjud. 8- jadval
Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling