Белгияда, бир марта сабабсиз сайловда иштирок этамаганлик учун
Download 174.43 Kb. Pdf ko'rish
|
abdullayev Shoxobiddin qiyosiy konstitutsiyaviy huquq
Белгияда, бир марта сабабсиз сайловда иштирок этамаганлик учун жарима тариқасида 50 евро жарима. Такроран бузилганда жарима € 125 га ошади. Тўртинчи "қатнашмасликдан" сўнг фуқаро ўн йил давомида овоз бериш ҳуқуқидан, шунингдек, давлат хизматида лавозим олиш имкониятидан маҳрум бўлади. Грецияда сайлов вақтида мамлакатда сайловчининг малакатда бўлмаслиги овоз бермаслик учун сабаб эмас. Сайлов вақтида чет элда бўлган фуқаролар олдиндан овоз беришлари талаб этилади. Иштирок этмаганлик учун жарималардан ташқари, жиддийроқ жазолар ҳам амал қилиши мумкин, жумладан, бир ойдан бир йилгача муддатга ҳибсга олиш ва озодликдан маҳрум қилиш, шунингдек унвонлар ва лавозимлардан маҳрум қилиш. 25 евродан 70 еврога қадар жарима солиш амалиѐти Италия, Германия, Австрия, Кипр ва Люксембургда ҳам мавжуд. Аргентинада эса, $20 дан $ 200 миқдорида сайловларда иштирок этмаганлик учун жарима, бундан ташқари жазо тариқасида уч йил давомида давлат идораларида ишлаш имкониятини маҳрум этадиди. Худди шундай амалиѐт Бразилияда ҳам мавжуд. Савол. Сизнингча, сайловларда иштирок этмаслик учун қайси давлатнинг энг “асосли” чоралари бор? Агар сайловларда мажбурий иштирок этишга қарши бўлсангиз, ўз позициянгизни асосланг.
Kazusda yuza kelgan savollarni aniqlab olish lozim. Birinchidan saylov nima? Ikkinchidan, saylov majburiy bo’lishi qanchalik to’g’ri? Saylov- ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalar tashkil etish vositasidir. Fuqarolarning o`z saylov huquqini amalga oshirishi ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov o`tkazish tartibi va qoidalari, odatda har bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviy huquqiy hujjatlarida belgilangan bo`ladi. Saylovlarda ovoz berish asosiy tadbir, saylovni ro’yobga chiqaruvchi usuli hamda xalq xohish-irodasini to’g’ridan to’g’ri namoyon qilish vositasidir. Saylov deganda odatda biror bir organni shakllantirish, mansabdor shaxsni lavozimiga kirishi uchun vakolat berishdagi ovoz berish tushuniladi. Lekin saylovlarni ro’yobga chiqishini ta’minlovchi ovoz berish, turli organlarni, mansabdor shaxslarni vakolatini tugashida ham qo’llaniladi. Saylov bu damokratiya, demokratiya esa erkinlikni ifodalaydi. Demak, saylovlarda qatnashish majburiy bo’lishi demokratiyani ochiq-oydin mensimaslikdir. Har qanday siyosat xalq manfaatini ko’zlab yuritiladi. Xalqni esa odamlar tashkil qiladi. Demokratiya hamma joyda bir xil. Uning umumiy tamoyillari hamma uchun tushunarli bu – demokratiyaning ajralmas qismi bo’lgan xalq hokimiyati, xalqning xohish-irodasi va ochiq, erkin saylovlardir. Bu oxir – oqibatda har qanda demokratiyaning eng yuqori pog’onasi bo’lgan fuqarolik jamiyatidir. O’zbekistonda saylovda, ovoz berishda ishtirok etmaganlik uchun hech qanday chora, jazo ko’rish tartibi yo’q. Ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda saylovlarda ishtirok etmaganlik uchun ayrim choralar ko’rish tartibi bor. Ayrim mamlakatlarda saylovda ishtirok etishning majburiyligi belgilangan. Jumladan, Italiya Konstitusiyada saylovni amalga oshirish fuqarolik burchi deb belgilangan, uning qonunchiligida bunday holat yuz bersa jamoat izzasi qo’llanilishi belgilangan. Ayrim mamlakatlarda saylovda ishtirok etmaganlik uchun turli choralar ko’rilishi belgilangan. Avstraliyada saylovda ishtirok etmaslik uchun jarima solish nazarda tutilgan. Gretsiya va
Turkiyada saylovda ishtirok etish majburiyat hisoblanib, ovoz berishda ishtirok etmagan fuqaro ozodlikdan mahrum etilishi ham mumkin. Saylovni burch sifatida belgilash va majburiy tus berish Belgiya, Gollandiya ayrim Lotin Amerikasi davlatlarida ham mavjud. Ayrim mamlakatlarda saylov ishtirok etish majburiyat ekanligi shu mamlakatlarda absenteizm 1 ning mavjudligidir. Saylov madaniyatining pastligi, saylov natijalariga qiziqmaslik, fuqarolarni saylovlarda ishtirok etmasligiga sabab bo’ladi. Absenteizm saylov tizimining nodemakratik ko`rinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli, u erkin saylovlarda o`tkazilayotganda uchraydi. Absenteizmga qarshi salbiy va ijobiy sanksiyalar mavjud. Buning uchun turli davlatlarda turlicha cheklov va choralar mavjud. Xususan, demokratiya vatani atalmish gretsiyada ovoz berishda qatnashmaslik uchun hatto saylovchining saylov kuni boshqa mamlakatda bo`lgani ham bahona bo`lolmaydi. Belgiyada uzrli sabablarsiz saylovda qatnashmalik uch marotaba takrorlansa 10 yilgacha saylovlarda qatnashish huquqidan mahrum etiladi. Avstriya, Kipr va Lyuksemburkda saylovlarda loqaydligi uchun saylovga qatnashmagan aholidan 25 yevroda 70 yevrogacga jarima undiriladi. Janubiy Osiyoning tanilgan mamlaatlaridan biri Pokistonda esa saylovdan bo`yin tovlaganlik uchun 60 dollarlik jarima undiriladi. Mazkur kazusda keltirilgan saylovda qatnashish majburiy qilb belgilangan davlatlarda barchasi demokratik huquq va erkinliklarga zid hisoblanadi. Bu yerdagi biror bir davlatni amalga oshirgan saylovda ishtirok etisshga majburloash choralarini yoqlamayman. Faraz qilaylik, har bir fuqaro o’zi xohlagan nomzodga ovoz berish huquqiga ega ekan, nega hech qaysiga ovoz bermaslik huquqiga ega bo’lmaslik kerak? Nega saylovda qatnashmaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak? Mazkur masala muhokama qilishlarsiz saylov erkin va cheklanmaydigan, javobgarlik olib klemaydigan bo’lishi kerak. Yuqoridagi misollardan ko`rinadiki, demokratik jamiyatning yorqin namunasi bo`lgan mamlakatlarda ham xalq boshqaruviga
1
Saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig`ilishlarda va hakozoda qatnashishdan bosh tortish. Aholining o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi.
asoslangan jamiyat mezonlarining keskin buzilishlariga guvoh bo`ldik. Ushbu keltirilgan misol va ma`lumotlardan mamlakatimizda o`rnatilgan qonun-qoidalar demokratiyaning qolipi deb aytishdan ancha yiroqdaman. Chunki yurtimizda o`tgan ko`plab saylovlar ham xalqaro kuzatuvchilar tomonida ijobiy baholanmadi. Insoniyat hali demokratiyadan ustuvor jamiyat ko`rmadi. Shu tufayli demokratiya insoniyat ko`z o`ngidagi ideal siyosiy tuzimdir. Aslida esa demokratiya ham huddi sotsiyalizm hamda kommunizm kabi utopik tizimdir. Demokratiyaning rivojlangan davrida barcha fuqarolar qonun-qoidalarga ihtiyoriy tarzda bo`ysunib yashashi keltirilgan. Endi faraz qilaylik barcha o`z huquq va erkinliklarini bilsa qonunlarga amal qilsa, hech bir qoidalarni buzmasa, saylovga o`z vaqtida borsa yoxud o`z huquqidan foydalangan xolda saylovlarda ishtirok etmasdan loqaydlik, befarqlik ruhida bo`lsa. Agar shunday bo`ladigan bo`lsa aholi uchu qonun nega kerak bo`ladi, davlat boshqaruvidagi vakillar nima uchun zarur, agar insonlar qonunlarga so`zsiz itoat etadigan jamiyatda qonun bo`lmasligi lozim. Bu esa utopiyaning yaqqol namunasidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mazkur kazusda berilgan savolga to’xtalib o’tar ekanmiz, demak, Yuqorida nomlari misol qlib keltirilgan mamlakatlarda qo`llanilgan choralarning hech birini asosli deb hisoblamayman. Chunki keltililgan chora va cheklashlar demokratik jamiyat talablariga zid hamda inson huquq va erkinliklariga qarshi qo`yilgan sanksiyalardir. Barchaning saylov jarayonida ovoz berishi mutlaqo erkin va cheklanmaga bo’lish kerak. Har bir fuqaro erkin bo’lb tug’ulladi va erkin bo’lib yashashi lozim. Shuning cheklanishlar bu nafaqat yashash prinsiplariga zid va qolaversa, inson huquqlariga ham zid. Bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarda har bir fuqaro siyosiy huquqlarini erkin bajarishi va ega bo’lsihi keltirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar. Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq. Darslik. Xorijiy mamlakatlarning kostitusiyaviy huquqi. Darslik O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Lex.uz Norma.uz Download 174.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling