Bemor choyshablarini almashtirish.
Bemor o’rnini tayyorlash qoidalari. Bemoro’rnini tayyorlash uchun oqliq va o’rinbosh anjomlarining komplekta bo’lishi zarur, unga to’shak, jildlari bo’lgan ikkita pat yoki par yostiq, choyshab, ko’rpa bilan kurpa jildi va sochiq kiradi. Karavotga yuzasi sillih va qattiq jun yoki paxta tushak quyiladi. Yostiqlarga toza va dazmollangan jildlar kiydiriladi. CHoyshab va jildlarni burma xosil qilmaydigan qilib yozish kerak.o’rinbosh va ich kiyimlarni alishtirish qoidalari. Oqliqlarni navbatdagi sanitariya yuvib-tarashidan keyin odatda 7—10 kunda bir marta alishtiriladi. Og’ir bemorlarda buni katta ehtiyotkorlik bilan bajariladi. Bemorni asta-sekin karavot chetiga surib quyi- ladi. Agar ahvoli imkon bersa, yonboshi bilan yotqiziladi, kir choyshabning bush turgan yarmini eni buylab orqaga tomon uraladi, bushab dolgan joyga esa yarmi uralgan toza choyshab yoziladi. Toza va kir choyshab uramlari yonma-yon yotadi. Sungra bemorni choyshabning toza yarmiga yotqiziladi, kirini yigishtiriladi, tozasini yoziladi va shu bilan choyshab solish tugallanadi. Agar bemorga o’rindaxarakatlarqilishga ruxsat berilmagan bo’lsa, choyshabni boshqa usul bilan alishtiriladi. Avvaliga bemorning boshini bir oz kutariladi, choyshabning bosh tomonini belga burma xolida yigiladi, sungra oyoqlarini ko’tariladi va shu tarifa -belga choyshabning ikkinchi uchini yigiladi, shundan sung upi bemor tagidan ehtiyotlik bilan chiqariladi. Ayni pahtida ikknnchi tomondan uzunasiga ikkita uram qilib uralgan toza choyshabni bel ostiga kiritiladi, sungra uni ikkala tomondan — bosh va oyoqlar tagiga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |